Bu haqda Suv xoʻjaligi vazirligida baliqchilik tarmogʻini rivojlantirish, suv resurslaridan samarali foydalanish va zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish masalalari muhokama qilingan yigʻilishda maʼlum qilindi.
Markaz Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 2 iyuldagi «Baliqchilik tarmogʻini rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi farmoni asosida Suv xoʻjaligi vazirligi huzurida tashkil etilgan.
Yigʻilishda Omonjon Musayev va markaz mutaxassislari tomonidan sohada amalga oshirilayotgan ishlar, istiqboldagi loyihalar hamda hududlardagi mavjud imkoniyatlar haqida axborot berildi.
Qayd etilganidek, 2025 yilda Oʻzbekistonda 206 ming tonnadan ziyod baliq yetishtirilgan. Baliqchilik xoʻjaliklari soni 6 300 taga yetgan. Intensiv usulda baliq yetishtirish maydonlari 12 ming gektarni, mahsulot hajmi esa 120 ming tonnani tashkil etgan.
Shuningdek, yigʻilishda baliqchilikni rivojlantirish, suvni tejaydigan va qayta aylantiradigan texnologiyalarni joriy etish, yangi baliq hovuzlarini tashkil qilish hamda intensiv va sovuq suv baliqchiligini kengaytirish boʻyicha vazifalar belgilandi.