Maʼlum qilinishicha, loyiha Xitoyning China CAMC Engineering Co. LTD kompaniyasi tomonidan Buxoro tumanidagi «Bogʻidasht» mahallasi hududida amalga oshiriladi.
Hozirda stadion qurilishi uchun maydonni loyihalash ishlari boshlangan.
Qayd etilishicha, yangi sport inshooti hududda sport infratuzilmasini rivojlantirish, xalqaro standartlarga javob beradigan futbol uchrashuvlari hamda yirik sport musobaqalarini oʻtkazish imkoniyatini kengaytirishga xizmat qiladi.