Forumda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva ishtirok etib, Shavkat Mirziyoyevning anjuman qatnashchilariga yoʻllagan murojaatini oʻqib eshittirdi.
Tadbirda Osiyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan siyosatchi ayollar, tadbirkorlar, olimalar va ekspertlar qatnashmoqda.
Prezident murojaatida forum ishtirokchilarining yuksak kasbiy mahorati, boy bilim va tajribasi nafaqat mintaqa, balki butun dunyoda xotin-qizlar huquq va manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etishi alohida taʼkidlangan.