Nufuzli xalqaro anjumanda turli mamlakatlardan davlat va jamoat arboblari, xalqaro tashkilotlar vakillari, ekspertlar hamda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mutaxassislar ishtirok etmoqda.

Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ochib berdi hamda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning forum ishtirokchilariga yo‘llagan murojaatini o‘qib eshittirdi.

«Xotin-qizlarning bilim va salohiyatiga kiritilgan investitsiya — jamiyatning barqaror kelajagiga kiritilgan investitsiyadir», — deya ta’kidlandi murojaatda.

Forum davomida gender tengligi, ayollarning siyosiy va iqtisodiy faolligini oshirish, ijtimoiy himoya, ekologik tashabbuslar hamda xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash masalalari muhokama qilinmoqda.