Tadbirda Chirchiq shahar hokimi M.Abdurahimov, deputatlar, nuroniylar hamda mahalla faollari ishtirok etdi.

Mazkur loyiha “Ziyotrans” MChJ tomonidan amalga oshirilgan bo‘lib, birinchi bosqichda shaharga zamonaviy, ekologik toza 35 ta avtobuslar olib kelindi. Yil yakuniga qadar ularning sonini 70 taga yetkazish rejalashtirilgan.

Yangi avtobuslar dastlab quyidagi 3 ta yo‘nalishda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi:

- ShI – 1- Bo‘ston sanatoriyasi – Yangi O‘zbekiston massivi (5-MTM);

- ShI – 2- Bo‘ston sanatoriyasi – 3-kichik nohiya;

- ShI – 3- Muruvvat mahallasi – Ozodbosh qishlog‘i.

Keyinchalik yana 2 ta yo‘nalishda yangi avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.