2026-yil 2-sentabr kuni Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, “Burchmulla” MFY hududidagi “Chorvoq suv ombori” suv havzasida 3 nafar fuqaro (ota va 2 nafar o‘g‘il) katerda sayrga chiqqan va suvga tushish taqiqlangan hududga borib ximoya nimchasiz suvga tushib cho‘kib ketgan.

Xabar kelib tushgan zahotiyoq FVV g‘avvos qutqaruvchilari hodisa joyiga yetib borib 2-2,5 km radius kenglikda suvda qidiruv ishlarini olib bormoqda. Qidiruv ishlariga barcha zarur kuch-vositalar jalb etilgan.

Eslatib o‘tamiz qidiruv ishlari ko‘lamning kengligi va suv omborining chuqurligi qidiruv ishlarini murakkablashtirmoqda.

Qidiruv ishlari FVV tomonidan to‘liq nazoratga olingan.