Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi huzuridagi Kuzatuv kameralaridan foydalanish va nazorat qilish boʻlimi tomonidan 2026-yilning iyul va avgust oylarida respublika boʻylab chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlash bilan bogʻliq 1 117 ta qoidabuzarlik aniqlangan.

Shundan 90 tasi transport vositalari, 730 tasi esa fuqarolar tomonidan sodir etilgan. Huquqbuzarlarga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, tegishli choralar koʻrilmoqda.

Maʼlum qilinishicha, kuzatuv kameralari orqali aniqlangan huquqbuzarliklar boʻyicha jarimaga tortilganlar ulushi 27 foizni tashkil etgan. Qoʻllanilgan jarimalarning umumiy miqdori 554,6 million soʻmga yetgan.

Maʼlumot uchun, respublika hududlarining deyarli barchasida 700 dan ortiq onlayn kuzatuv kamerasi oʻrnatilgan. Ular nafaqat chiqindi tashlash, balki boshqa turdagi ekologik huquqbuzarliklarni ham aniqlash va ular boʻyicha tegishli choralar koʻrish imkonini beradi.