Bu bo‘yicha Hukumatning qarori bilan “Yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarning texnik va dorivor xomashyosini, oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni yig‘ish va tayyorlash tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, jismoniy va yuridik shaxslar yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklar obyektlarining foydalanuvchilari bo‘lishi mumkin.

Fanlar akademiyasi mazkur xomashyo va o‘simliklarni maxsus foydalanish tartibida yig‘ish va tayyorlash zaxirasini aniqlaydi.

Bunda yovvoyi o‘simliklar o‘sadigan yerlarning umumiy maydoni 0,1 gektardan, o‘t qoplamasi 10 foizdan kam bo‘lmasligi lozim.

Fanlar akademiyasi har yili 15 apreligacha tuman (shahar) kesimida tegishli zaxiralar to‘g‘risidagi xulosani Ekologiya qo‘mitasiga taqdim etadi.

Yovvoyi o‘simliklardan maxsus foydalanishning yillik kvotasi har yili 10 maygacha Ekologiya qo‘mitasi raisining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.