Xususan, viloyat Ichki ishlar va Bojxona boshqarmalari xodimlarini jalb qilgan holda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Farg‘ona shahar Beshbola MFYda yashovchi, 1982 y.t. ayol kelgusida sotish maqsadida 5 kg 936 gr “gashish” moddasini mayda shag‘al uyumi ichiga yashirib qo‘yganligi aniqlandi va ashyoviy dalil sifatida olindi.
Ta’kidlash lozim, mazkur ayol muqaddam aynan giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan bo‘lsada o‘z xatosidan to‘g‘ri xulosa chiqarmagan.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,273-moddasi 5-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari doirasida uning sheriklarini aniqlash bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.