Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qildi, deb xabar berdi report.az.

“Kanar orollaridan kemada kelgan qolgan ekipaj endi 42 kunlik karantinda bo‘ladi, kema esa to‘liq tozalash va dezinfeksiyadan o‘tkaziladi. Jami 11 ta holat (9 ta tasdiqlangan, 2 ta ehtimoliy), jumladan, uchta o‘lim qayd etilgan. So‘nggi tasdiqlangan holat ham yo‘lovchida bo‘lgan. Bu shaxs vataniga qaytarilganlar orasida edi va karantinda bo‘lganida alomatlar paydo bo‘ldi va hozirda klinik yordam olmoqda”, deb ta’kidladi u.