Oilprice ma’lumotlariga ko‘ra, 20 iyul ertalabgi holatga ko‘ra, Brent markasidagi neftning bir barreli 90,21 dollarga yetib, avvalgi savdo sessiyasiga nisbatan 2,40 foizga qimmatladi. WTI markasidagi neft narxi esa 84,24 dollargacha ko‘tarilib, 2,12 foizga o‘sdi.

Rossiyaning Urals markasidagi nefti ham qimmatlab, bir barreli 66,84 dollarga yetdi. Bu avvalgi ko‘rsatkichga nisbatan 0,33 foizga yuqori, deb xabar berdi Kazinform.

Ta’kidlash joizki, neft narxlarining oshishiga Yaqin Sharqdagi geosiyosiy keskinlikning kuchayishi ta’sir ko‘rsatdi. AQShning Eron hududiga navbatdagi hujumlaridan so‘ng, bozorda neft ta’minotiga tahdid tug‘ilishi mumkinligi haqidagi xavotirlar kuchaydi va mintaqadagi vaziyatning yanada yomonlashishi xavfi oshdi.