Institutning 9 iyul kuni e’lon qilingan modellashtirish hisobotlariga ko‘ra, iyun oyida haddan tashqari issiqlik tufayli taxminan 5100 kishi vafot etgan. Ulardan 4,3 mingdan ortig‘i iyun oyining oxirgi haftasida vafot etgan.
Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, issiqlik to‘lqinining haqiqiy ta’siri yanada jiddiyroq bo‘lishi mumkin. Germaniya Federal statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, eng issiq hafta 22-28 iyun kunlari bo‘lib, 6,8 ming kishi vafot etgan.
Iyun oyining oxirgi haftasida qayd etilgan +41°C dan yuqori harorat Janubiy Yevropa uchun normal deb hisoblansa-da, bu Germaniya uchun rekord ko‘rsatkichdir.
Copernicus iqlim o‘zgarishini kuzatish xizmati (C3S) ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil iyun oyi G‘arbiy Yevropada qayd etilgan eng issiq mavsum bo‘ldi. Mintaqadagi o‘rtacha harorat 20,86°C ga yetdi, bu 1991-2020-yillardagi iyun oyining o‘rtacha ko‘rsatkichidan taxminan 3 daraja yuqori.
Germaniyada bir kun ichida ikkinchi marta harorat rekordi qayd etildi, deb xabar berdi Kazinform.