Bu haqda Vayshali ma’muriyati rahbari Varshi Singx ma’lum qildi, deb xabar berdi Hindustan Times.

“O‘lganlar orasida to‘qqiz nafar qiz va to‘rt nafar o‘g‘il bola bor, eng kichigi olti yoshda va eng kattasi 16 yoshda”, dedi u.

Uning qo‘shimcha qilishicha, olti kishi qutqarilgan va Patnadagi Nalanda tibbiyot kolleji va shifoxonasida davolanmoqda.

Qayiqda taxminan 20 kishi bo‘lgan, deb xabar berdi report.az.