Generatsiya, uzatish va energiya saqlash tizimlari oʻzaro bogʻliq holda ishlashi kerak.

Hozir Fargʻona, Andijon va Namanganda talabning bir qismi boshqa hududlarda ishlab chiqarilgan elektr hisobidan qoplanmoqda. Yangi sanoat zonalari va yirik korxonalarning ishga tushishi tarmoqlarga yuklamani yanada oshiradi.

Sunʼiy intellekt va data-markazlar elektrga talab tez oʻsayotgan yoʻnalishlardan. Ular uchun yer, tarmoqqa ulanish imkoniyati va “yashil” energiya manbai mavjud maydonlar oldindan belgilanadi.

Har bir yirik data-markazda asosiy va zaxira elektr taʼminoti, energiya saqlash hamda sovitish tizimlari birgalikda rejalashtiriladi. Sarmoyadorlardan elektr va suvdan samarali foydalanadigan yechimlar kutilmoqda.