Ma’lumotlarga ko‘ra, 2023-yilda Hindiston mamlakat oltin zaxiralarining qariyb 38 foiziga egalik qilgan. 2026-yil mart oyida bu ko‘rsatkich taxminan 77% ga ko‘tarildi.
Hindistonlik iqtisodchilarning fikriga ko‘ra, bu siyosat bir nechta omillarga bog‘liq. Ular orasida xorijiy aktivlarga taqiq qo‘yish xavfi, shuningdek, Yaqin Sharqdagi mojarolarning kuchayishi bor. Shu fonda Hindiston rasmiylari iqtisodiy xavfsizlikni mustahkamlashga va tashqi omborlarga qaramlikni kamaytirishga intilmoqda.
Bundan tashqari, Hindistonning o‘zida oltinga qiziqish ortib bormoqda. Jahon oltin kengashi ma’lumotlariga ko‘ra, yanvardan martgacha mamlakatda umumiy oltin iste’moli 10,2 foizga o‘sdi va 151 metrik tonnani tashkil etdi.
Investitsiyalarga talab ham sezilarli darajada oshdi, hind kompaniyalarining oltinga investitsiyalari bir yilda 52 foizga o‘sib, 82 tonnaga yetdi, deb xabar berdi kazinform.
Mutaxassislar hind investorlarining oltinga qiziqishi davom etishini bashorat qilmoqda.