Mutaxassislar tomonidan elektr tarmoqlari va uskunalarining barqaror ishlashini ta’minlash hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarni imkon qadar tezkor bartaraf etish bo‘yicha barcha zarur choralar ko‘rilmoqda.
Aholidan elektr energiyasidan oqilona va tejamkor foydalanish hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaqtinchalik noqulayliklarga tushunish bilan yondashish so‘raldi.
Elektr ta’minotining uzluksizligi va ishonchliligini ta’minlash yo‘lidagi sa’y-harakatlar davom etishi ta’kidlandi.