Termiz tumani bolalar-oʻsmirlar sport maktabida bel olish va uch kurash boʻyicha 2003-2004-yillarda tugʻilgan oʻsmirlar va qizlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati hamda kattalar oʻrtasida mamlakat kubogi musobaqasi oʻtkazildi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Bel olish va uch kurash assotsiatsiyasining yillik-taqvimidan oʻrin olgan mazkur bellashuvlarda mamlakatimizning barcha hududlaridan 500 nafardan ortiq polvon gʻoliblik uchun kurash gilamiga tushishdi.
Musobaqada sportchilar oʻz vazn toifalariga koʻra bel olish va uch kurashning yoʻnalishlari boʻyicha murosasiz bahs olib borishdi. Yakuniy natijalarga koʻra, oʻsmirlar oʻrtasida Abduhakim Moʻydinov, Maʼrufjon Boltaboyev, Ilyosbek Ahmadjonov, Abduhakim Mahmudov, kattalar oʻrtasida Sarvar Mirzayev, Dilmurod Joʻrayev, Sayfiddin Yaxshiboyev singari polvonlar barcha raqiblarini yengib, oltin medallarga ega boʻlishdi.
Musobaqa yakuniga yetgach, gʻolib va sovrindorlar medal, diplom va esdalik sovgʻalari bilan mukofotlanishdi.
Kuchlilar Termizda aniqlandi
Termiz tumanida mamlakat kubogi musobaqasi oʻtkazildi.
O‘zbekiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
- Mogilyov viloyati ijroiya qo‘mitasi va Surxondaryo viloyati hokimligi o‘rtasida hamkorlik bitimi imzolandi
- Rossiya va KXDR o‘rtasida birinchi avtomobil ko‘prigi ochildi
- PISA 2025: Oʻzbekiston oʻquvchilari tabiiy fanlardan 91 davlat orasida 48-oʻrinni egalladi
- “Intellektual mulk sohasini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash tartibi belgilandi
- Oʻzbekiston–Serbiya hukumatlararo komissiyasining birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi
OTMlarda talabalar o'rtasida qayta taqsimlangan davlat granti natijalari eʼlon qilindi
- Pedagoglar malaka toifasini olish uchun necha ball toʻplashi kerak?
- Shahrisabz koʻchasidagi BRT yoʻlagi qurilishi 31-avgustga qadar yakunlanadi
- Kambagʻallik va ishsizlikni qisqartirish boʻyicha manzilli chora-tadbirlar koʻrib chiqildi
- O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlarining muloqoti Buxoroda davom etadi
- Kichik va mikro gidroenergetikani rivojlantirish chora-tadbirlari taqdimot qilindi