Bu haqda Le Figaro xabar berdi.
Fojia mamlakatning Babua shahri yaqinidagi Zambique qishlog‘ida joylashgan norasmiy oltin konida sodir bo‘lgan. Hodisa oqibatida qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.
Guvohlardan biri voqeani «falokat» deb ta’riflab, tuproq to‘liq qulab, odamlarni bosib qolganini aytgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda yuzlab norasmiy konchilar ishlayotgan karerda tuproqning bir qismi qulab tushib, ko‘plab odamlarni bosib qolgani aks etgan.
Nashrning qayd etishicha, Markaziy Afrika Respublikasida tuproq ko‘chishi va konlarning qulab tushishi tez-tez sodir bo‘ladi. Mamlakat tuproqlari oltinga boy bo‘lib, konlarning bir qismi davlat nazoratidan tashqarida, noqonuniy ravishda o‘zlashtiriladi.
Le Figaro ma’lumotiga ko‘ra, iyun oyi o‘rtasida ham Nana-Mamber prefekturasida, Kamerun chegarasi yaqinida joylashgan Be-Mbari oltin konida shunga o‘xshash hodisa sodir bo‘lib, o‘nlab odamlar halok bo‘lgan.