Prezidentimiz bolaning murojaatini ko‘rib, uning samimiy tilaklaridan mamnun bo‘lganini bildirgan hamda Muhammadaliga minnatdorchilik maktubini yo‘llagan.
Ushbu maktub hamda Prezident sovg‘alari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesida tantanali ravishda topshirildi.
Tadbirda Jo‘qorg‘i Kenges Raisi Amanbay O‘rinbaev Prezidentimizning samimiy maktubini o‘qib eshittirdi.
Shuningdek, Muhammadali, uning ota-onasi va tarbiyalanayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotiga Prezident sovg‘alari topshirildi. Bolakayning tarbiyachisi Gulbahar Saparovaga esa Jo‘qorg‘i Kenges Prezidiumi qarori bilan «Vatan fidoyisi» ko‘krak nishoni berildi.