Aniqlanişiça, Özbekiston fuqarosi E.L. Yevropaga yuk avtomobili haydovçisi sifatida işlaş uçun borgan. Fransiyadagi xizmat safari çoğida uning soğliği keskin yomonlaşgan. Şundan söng u Lill şahridagi şifoxonalardan biriga yotqizilib, u yerda uzoq vaqt davolangan.
U şifoxonada bölgan vaqt davomida Özbekiston diplomatlari bemor, tibbiyot muassasasi hamda uning yaqinlari bilan muntazam aloqada bölib, zarur yordam körsatib turdi.
Oilasining iltimosiga binoan, 13-noyabr kuni hamyurtimiz Özbekistonga olib kelindi. Toşkentga yetib kelgaç, u davolanişni davom ettirişi uçun tibbiyot muassasasiga joylaştirildi.
Özbekistonning Fransiyadagi elçixonasi mamlakatimiz fuqarolarining xorijdagi huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş, murakkab vaziyatlarga tuşib qolganlarga konsullik-huquqiy yordam körsatiş böyiça işlarni davom ettirmoqda.
Diplomatik vakolatxona fuqaroning Vatanga qaytarilişiga öz vaqtida amaliy kömak bergani uçun “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi va uning Parijdagi vakolatxonasiga alohida minnatdorlik bildirdi.