"469 kishining jasadi topildi, 1 545 kishi jarohatlangan va qutqarilgan", — deyiladi huquqni muhofaza qiluvchi organlarning so‘nggi hisobotida.

Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda. Unga Nepal armiyasi, qurollangan politsiya kuchlari va politsiyasining 13 295 nafar xodimi jalb qilingan. Qutqaruvchilar vayronalarni tozalab, tuproq ostida qolgan odamlarni qidirib topmoqda.

Nepal Bosh vaziri Balendra Shah vaziyat hanuz murakkabligicha qolayotganini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumatning asosiy ustuvor vazifalari — odamlarni qutqarish, bedarak yo‘qolganlarni izlash, jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish va tabiiy ofatdan zarar ko‘rgan oilalarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Eslatib o‘tamiz, kuchli suv toshqini 26-avgust, chorshanba kuni ertalab Nepalning shimoliy hududlari talafot yetkazdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ofatga Nepal va Xitoy chegarasida, "Rasuvagadxi" chegara o‘tish punktidan taxminan 20 kilometr shimoli-sharqda qor va tosh ko‘chkisi sodir bo‘lishi sabab bo‘lgan.

Hozirga qadar yuzlab odamlar bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida qolmoqda. Ular orasida taxminan 500 nafar xorij fuqarosi ham bor, deb xabar berdi report.az.