Davlatimiz rahbari soʻnggi yillarda Turkiya bilan strategik sheriklik munosabatlari izchil rivojlanib borayotgani, bu jarayonda ishbilarmon doira vakillarining oʻrni va hissasi beqiyos ekanini qayd etdi.
Muloqot chogʻida turkiyalik hamkor har bir sarmoyador uchun katta imkoniyatlar maydoniga aylanib borayotgan Yangi Oʻzbekistonda kimyo sanoati, geologiya va qurilish sohalarida qoʻshma investitsiya loyihalarini amalga oshirishga qiziqish bildirdi.
Shuningdek, Yangi Toshkentda turar joy majmualari va tashqi infratuzilma obyektlari qurilishida faol ishtirok etishga tayyor ekanini taʼkidladi.