Serbiya havo hududida O‘zbekiston yetakchisining samoletiga mezbon mamlakat Harbiy havo kuchlarining qiruvchi uchoqlari hamrohlik qildi.
Nikola Tesla nomidagi xalqaro aeroportda oliy martabali mehmonlarni Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich va uning rafiqasi kutib oldi.
Ikki mamlakatning davlat bayroqlari ko‘tarilib, Faxriy qorovul saf tortdi.
Tashrifning asosiy tadbirlari ertaga boshlanadi. Dasturga muvofiq, O‘zbekiston – Serbiya oliy darajadagi muzokaralari hamda ikki mamlakat rasmiylari va ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida biznes forumi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Ularning yakunlari bo‘yicha ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plamini qabul qilish ko‘zda tutilgan.