Tadbirda davlat organlari, xalqaro investitsiya kompaniyalari va OAV vakillari ishtirok etdi. Unda O‘zbekiston kapital bozorini rivojlantirish, xalqaro investitsiyalarni jalb qilish va IPO jarayonlari haqida ma’lumot berildi.

Qayd etilishicha, UzNIF IPO’si mamlakat kapital bozori tarixidagi eng yirik bitimga aylandi. Joylashtirish natijasida qariyb 603,6 million AQSh dollari jalb qilingan. Investorlar talabi esa 2,8 milliard dollardan oshgan.

Shuningdek, mahalliy IPO doirasida 214,6 milliard so‘m jalb qilinib, 4 900 dan ortiq chakana investor ishtirok etgani ma’lum qilindi.

Ma’lumot uchun, UzNIF 2024 yilda Prezident farmoni asosida tashkil etilgan bo‘lib, uning asosiy maqsadi kapital bozorini rivojlantirish va xalqaro investitsiyalarni jalb qilishdan iborat.