TV2 telekanali Oslo politsiyasiga tayanib xabar berishicha, Jahon chempionati 1/8 final o‘yinida Norvegiyaning Braziliya ustidan qozongan g‘alabasini nishonlash uchun Osloda bo‘lib o‘tgan mushakbozlik oqibatida taxminan 30 kishi tibbiy yordamga murojaat qilgan.

Huquqni muhofaza qilish organlari ma’lumotlariga ko‘ra, 30 nafar jarohatlangan kishi shaharning shoshilinch tibbiy yordam bo‘limlariga olib ketilgan. Oslo politsiyasi boshlig‘i Eyvind Xammervold jarohatlar jiddiy emasligini aytdi.

TV2 kanalining xabar berishicha, milliy terma jamoaning g‘alabasini nishonlash uchun o‘tkazilgan mushakbozlikni taxminan 100 000 kishi tomosha qilgan.

Norvegiya 5-iyul kuni Braziliyani 2:1 hisobida mag‘lub etib, o‘z tarixida birinchi marta Jahon chempionati chorak finaliga yo‘l oldi, bu bosqichda ular Angliya bilan to‘qnash kelishadi, deb xabar berdi tass.ru.