O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi ma’lum qilishicha, uchrashuv 17-noyabr kuni Qatar poytaxti Doha shahrida bo‘lib o‘tadi. O‘yin soat 20:30 da boshlanishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, 12-noyabr kuni Fabio Kannavaro shogirdlari Toshkentdagi "Paxtakor" stadionida Rossiya terma jamoasiga qarshi ham o‘ynaydi.
O‘zbekiston terma jamoasi so‘nggi uchrashuvida Janubiy Koreyaga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan. Saudiya Arabistoni esa 6-oktabr kuni Fors ko‘rfazi kubogi finalida Birlashgan Arab Amirliklarini 2:0 hisobida mag‘lub etib, musobaqa g‘olibiga aylangan.