Musobaqaning ikkinchi kunida og‘ir vazn toifalarida bellashuvlar bo‘lib o‘tdi. Erkaklar o‘rtasida —100 va +100 kilogramm vazn toifalarida O‘zbekiston vakillari chempionlikni qo‘lga kiritdi.
Ikki kun davom etgan musobaqada o‘zbekistonlik dzyudochilar jami 13 ta medal — 5 ta oltin, 2 ta kumush va 6 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Xalqaro turnir g‘oliblari o‘z reyting hisoblariga 100 balldan qo‘shib qo‘ydi.