Viloyat YHXB 1964 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi «Isuzu» rusumli avtobus qayrilib olish mumkin bo‘lgan joydan burilayotgan vaqtida qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanayotgan, 1997 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi «Lacetti» rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan.
Hodisa oqibatida «Lacetti» haydovchisi va avtobusdagi 2 nafar yo‘lovchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun shifoxonaga olib borildi.
Hozirda holat yuzasidan Ohangaron tumani IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.