Tadbir avvalida universitet hovlisidagi “Do‘stlik bog‘i”da buyuk mutafakkir Alisher Navoiy haykali poyiga sakura ko‘chati ekildi. Ushbu ezgu an’ana Yaponiya va O‘zbekiston do‘stligini tamsil etish barobarida Navoiy ijodiga mehr qo’ygan, Soka universiteti asoschisi, tinchlik va insonparvarlik g‘oyalari targ‘ibotchisi doktor Daysaku Ikeda xotirasiga bag‘ishlandi.
Shundan so’ng universitet foyesida “Olam ichra tanho – Navoiy” nomli fotoko‘rgazmaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Daysaku Ikeda tomonidan chekilgan noyob fotosuratlar namoyish etildi. Delegatsiya tomonidan ToshDO‘TAUga 35 ta maxsus tarixiy suratlar tuhfa qilindi.
Universitet anjumanlar zalida davom etgan uchrashuvda doktor Daysaku Ikedaning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan videorolik namoyish etildi. So‘ng universitet rektori akademik Shuhrat Sirojiddinov, Soka universiteti prezidenti professor Sudzuki, delegatsiya rahbari doktor Yoshiyuki Nagaoka hamda O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi rahbariyati vakillari so‘zga chiqib, Navoiyning insonparvarlik va bag‘rikenglik g‘oyalari bilan Ikeda ilgari surgan tinchlik falsafasi o‘rtasidagi mushtaraklikni ta’kidladilar.
Tadbir yakunida ToshDO‘TAU talabalari tomonidan tayyorlangan ijodiy dastur mehmonlarga namoyish etildi.
Mazkur uchrashuv buyuk ajdodimiz Alisher Navoiyning “yor o‘ling bir-biringizga” degan hikmatli da’vati va doktor Daysaku Ikedaning tinchlik yo‘lidagi amaliy faoliyati o‘rtasidagi uyg‘unlikni yana bir bor namoyon etdi hamda O‘zbekiston va Yaponiyaning ta’lim va madaniyat sohalaridagi hamkorligini mustahkamlashga xizmat qildi.
“Olam ichra tanho – Navoiy” nomli fotoko‘rgazma ochildi
2025-yil 20-sentabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida Yaponiyaning Soka universiteti delegatsiyasi ishtirokida yirik ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etidi.
Temiryo‘l xodimining jasorati: olti yoshli egizak qizaloqlar suvdan qutqarib qolindi
- Sun’iy intellekt bo‘yicha mintaqadagi eng yirik dastur yakunlandi
- SHHT birdamligi – bepoyon mintaqada tinchlikni saqlash kaliti
- Raqamli yechimlar, ijro intizomi – yuqori samaradorlik garovi
- Yelkada vatan shaʼni: muxlislar munosib oʻyin, chiroyli gʻalaba va gollar kutmoqda
- Davlat mulkini rastrata qilgan davlat xizmatchilari 10 yilgacha qamaladi
Olimlar oltinning nima uchun rangsizlanmasligini aniqlashdi
- Qurbon hayiti namozi o‘qiladigan vaqtlar e’lon qilindi
- O‘zbekistonda 26-maydan maktab o‘quvchilarini bir maktabdan boshqasiga ko‘chirish vaqtincha to‘xtatiladi
- O‘zbekiston milliy jamoasining JCh-2026 uchun tarkibi e’lon qilindi
- Prezidentimiz maishiy va avtomobil kimyo mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonada bo‘ldi
- Sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha qaysi davlatlar yetakchilik qilmoqda?