Diplomatlarning maʼlum qilishicha, hamyurtimizning Rossiya migratsiya qonunlarini buzgani sababli uning uch yoshli farzandi Novosibirskdagi Bolalar uyiga vasiylikka olingan.

Diplomatlar zudlik bilan barcha zarur hujjatlar — Vatanga qaytish sertifikatlarini tayyorladi. Shu bilan birga, bolaning onasi saqlanayotgan Xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markazi rahbariyati bilan shoshilinch muzokaralar o‘tkazildi.

Barcha konsullik rasmiyatchiliklari yakunlangach, bola diplomatlar tomonidan Novosibirsk aeroportiga olib kelindi va u yerda onasi bilan diydorashib, Vatanga qaytdi.