Bu borada Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Malayziyaning Penang Skills Development Centre (PSDC) markazi o‘rtasida hamkorlik o‘rnatildi.
Hamkorlik doirasida vazirlik tasarrufidagi Malaka baholash markazlarida mikroelektronika, mexatronika va integral mikrosxemalarni loyihalash (IC Design) yo‘nalishlariga ixtisoslashgan o‘quv va baholash markazini tashkil etish rejalashtirilgan.
Yangi markaz fuqarolarga zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish, mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarni egallash imkonini beradi. Ta’lim olish uchun «Kasb vaucheri» tizimidan foydalanish mumkin bo‘ladi.
Ma’lumot uchun: Penang Skills Development Centre 1989 yilda tashkil etilgan bo‘lib, elektronika, mikroelektronika, yarimo‘tkazgichlar va avtomatlashtirish sohalari uchun mutaxassislar tayyorlashga ixtisoslashgan.
Markazning sanoat sohasidagi hamkorlari qatorida Intel, AMD, Bosch, Renesas va OSRAM kabi yirik xalqaro kompaniyalar bor.