Jahon chempionatida erkaklar va ayollardan iborat terma jamoamiz munosib ishtirok etdi. Taʼkidlash kerak, polvonlarimizni ushbu musobaqaga taniqli murabbiy Aʼzamjon Shokirjonov tayyorladi.
Quvonarlisi, dunyoning 35ta davlatidan yigʼilgan eng sara sportchilar orasida polvonlarimiz 3ta oltin hamda 5tadan kumush va bronza medallarini qoʼlga kiritishgan holda umumjamoa hisobida faxrli 2-oʼrinni qoʼlga kiritdi.
Belbogʼli kurashning erkin yoʼnalishida oʼtgan bellashuvlarda polvonlarimizdan 57 kggacha boʼlgan vazn toifasida namanganlik Oybekjon Hamidov, -68 kg.da andijonlik Oybek Sultonov hamda qizlarda -52 kg. vaznda Farangiz Abdunabiyeva (Sirdaryo) oltin medalga sazovor boʼlishdi.
Shuningdek, jahon chempionatida -82 kgda Husniddin Roʼziyev (Andijon), -100 kgda Aʼzamjon Anvarjonov (Andijon), +100 kgda Sherzod Rahimov (Fargʼona), -58 kgda Manzuraoy Moʼydinova (Fargʼona) kumush medallarga ega chiqishgan boʼlishsa, -62 kgda Murodjon Rahimov (Xorazm), -52 kgda Madina Akramova (Andijon), -66 kgda Zemfira Azatova (Qoraqalpogʼiston Respublikasi) hamda +76 kgda Anife Kurtseitova (Andijon)lar 3-oʼrinni band etib, bronza medali bilan taqdirlanishdi.
Belbogʼli kurashning klassik yoʼnalishida polvonlarimizdan -62 kg vazn toifasida andijonlik Husanboy Nosirov (Andijon) 3-oʼrinni egallagan boʼlsa, +100 kgda nomdor polvonimiz Zaylobiddin Ortiqov kumush medal egasiga aylandi.
Jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgan belbogʼli kurash boʼyicha Oʼzbekiston terma jamoasi aʼzolari bugun erta tongda Toshkentga qaytib kelishdi. Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida jahon chempionati gʼolib va sovrindorlarini sportchilarning oila aʼzolari, ustoz-murabbiylari, Oʼzbekiston belbogʼli kurash federatsiyasi vakillaridan iborat keng sport jamoatchiligi munosib kutib olishdi.
Polvonlarimiz jahon chempionatida 13ta medalga sazovor boʻlishdi
Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida belbogʼli kurash boʼyicha kattalar oʼrtasida jahon chempionati boʼlib oʼtdi.
Özbekiston Sarmişsoy petrogliflarini YUNESKOning Butunjahon merosi röyxatiga kiritiş uçun nominatsiya tayyorlamoqda
- Avtomobil dvigateli porşeni içiga yaşirilgan narkotiklar foş etildi
- 2083-yilga borib odamsimon robotlar odamlar sonidan oşişi mumkin
- Xabarovskdagi hamyurtlarimizga konsullik-huquqiy yordam körsatildi
- Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi delegatsiyasi Hadson instituti prezidenti bilan uçraşdi
- Energetika vazirligi gaz taʼminotidagi uzilişlar uçun aholidan uzr söradi
Hafta davomida mamlakatimizning qator hududlarida yomğir yoğadi
- Bu – tarixiy ko'rsatkich!
- Har bir shifokor va hamshiraning oyligi KPIga bogʻlanadi
- Özbekistonda ob-havo keskin özgaradi: yomğir, qor va sovuq kutilmoqda
- Olimlar Yerni sovutiş uçun kosmosga quyoşdan himoya qiluvçi vositani joylaştirişni taklif qilişdi
- Mehnat migratsiyasi tizimini takomillashtirish boʻyicha vazifalar belgilandi