-55 kilogramm vazn toifasida Hojiakbar Qo‘chqorov, -72 kilogrammda esa Behruzbek Valiyev bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Bugun kechki dasturda yana bir yunon-rum kurashchimiz Dostonbek Oripov -60 kilogramm vazn toifasida chempionlik uchun bahs olib boradi. U finalda Ozarbayjon vakili Ayxan Javadovga qarshi gilamga chiqadi.

Shuningdek, O‘zbekiston terma jamoasining ikki nafar a’zosi bronza medali uchun kurash olib boradi. -50 kilogramm vaznda Nilufar Nurmuhammadova Diana Voykilesku (Ruminiya), Yu Chjan (Xitoy) yoki Kamilla Pihor (Ukraina) bilan bellashadi.

-53 kilogramm vaznda esa Sohibjamol Esbosinova bronza medali uchun Qirg‘izistonlik Elmira Karalbaeva yoki Qozog‘istonlik Dinara Dauilqizi bilan bahslashadi.

Bundan tashqari, yana to‘rt nafar o‘zbekistonlik kurashchi bugun saralash bosqichida ishtirok etadi.