Bu borada har bir kunni ğanimat bilgan el fidoyilari kundalik işi hisoblangan tarğibot va taşviqot işlarini vijdonan bajariş niyatida tinmay mehnat qilmoqda. Bajarilayotgan işlar samarasi esa tarğibot forumlarida tahlil qilinib, özaro tajriba almaşilmoqda.
Şunday forumlardan biri yaqinda Xorazm viloyatida “Vijdon erkinligi — huquqiy kafolat va jamiyat barqarorligining asosi” mavzusida taşkil etildi. Unda Respublika tarğibot guruhi aʼzolari va barça viloyatdan tarğibot guruhi rahbarlari hamda otinoyilar qatnaşdi.
— Vijdon erkinligi insonning eng muhim konstitutsiyaviy huquqlaridan, — deya taʼkidladi Din işlari böyiça qömita raisi örinbosari, Respublika tarğibot guruhi rahbari Matluba Qahhorova. — Konstitutsiyamizning 35-moddasida har kimning xohlagan dinga eʼtiqod qiliş yoki heç qaysi dinga eʼtiqod qilmaslik huquqi kafolatlangan. Diniy qaraşlarni majburan singdirişga yöl qöyilmasligi esa insonning şaxsiy tanlovi va erkinligini himoya qilişning muhim huquqiy kafolatidir. 2021-yil 5-iyulda yangi tahrirda qabul qilingan “Vijdon erkinligi va diniy taşkilotlar töğrisida”gi qonun ham uşbu huquqlarning taʼminlanişida muhim huquqiy asos bölib xizmat qilmoqda. Şuningdek, Prezidentimizning 2025-yil 21-apreldagi tegişli farmoni esa fuqarolarning vijdon erkinligi huquqi kafolatlarini yanada mustahkamlaş va diniy-maʼrifiy sohadagi islohotlarni yangi bosqiçga olib çiqişga qaratilgan. Bu hujjatlar mazmun-mohiyatidan kelib çiqadigan asosiy xulosa şuki, vijdon erkinligi faqat qonunlarda belgilab qöyilgan huquq emas, balki har bir insonning kundalik hayotida taʼminlanişi lozim bölgan muhim qadriyatdir.
Özbekiston — azaldan turli millat va elatlar, din va konfessiyalar vakillari tinç-totuv yaşab kelayotgan yurt. Bunday muhitni asraş, özaro hurmat va hamjihatlikni mustahkamlaş nafaqat davlat idoralarining, balki butun jamiyatning umumiy vazifasi va asosiy burçidir.
— Xorazmda taşkil etilgan forum inson qadri, diniy bağrikenglik va ijtimoiy hamjihatlik sari muhim qadamdir, — deydi Din işlari böyiça qömitaning xotin-qizlar bilan işlaş va tarğibot guruhlarini muvofiqlaştiriş bölimi boşliği Iroda Ahmedova. — Şu maʼnoda uşbu forum tarğibotçilar uçun ham, otinoyilar uçun ham alohida ahamiyatga ega. Sababi, mazkur tadbir insonning eʼtiqod erkinligini taʼminlaş, qonun ustuvorligini mustahkamlaş, diniy sohadagi islohotlar mazmun-mohiyatini keng jamoatçilikka yetkaziş hamda jamiyatda bağrikenglik muhitini rivojlantirişga qaratilgan muhim muloqot maydoni sifatida namoyon böladi. Forumning yana bir muhim jihati şundaki, u diniy bağrikenglikni faqat şior darajasida emas, balki hayotiy munosabatlar, amaliy hamkorlik va ijtimoiy masʼuliyat orqali mustahkamlaş zarurligini körsatadi. Ayniqsa, mahallalarda turli qaraş va eʼtiqod vakillari örtasida özaro hurmat muhitini şakllantiriş, oilalarda soğlom maʼnaviy muhitni qaror toptiriş va aholi bilan manzilli işlaş muhim ahamiyat kasb etadi.
Xorazmda taşkil etilgan mazkur forumning mazmun-mohiyatidan kelib çiqadigan eng muhim xulosa şuki, vijdon erkinligi, diniy bağrikenglik va jamiyat barqarorligi bir-biri bilan çambarças boğliq tuşunçalardir. Bugun biz uçun asosiy vazifa fuqarolarning eʼtiqod erkinligini hurmat qiliş, yoş avlodni ilm-maʼrifat ruhida tarbiyalaş, turli qaraş va eʼtiqod vakillari örtasida özaro hurmatni mustahkamlaş hamda jamiyatda tinçlik va hamjihatlik muhitini asraşdir.
Nodira RAUPOVA,
Respublika tarğibot guruhi aʼzosi
Dilbar NORMURODOVA,
Surxondaryo viloyati tarğibot guruhi rahbari