Tadqiqotda 42 yoşdan 75 yoşgaça bölgan 1873 kişi iştirok etdi. Köngillilar xotira, diqqat, nutq qobiliyati, mantiqiy fikrlaş va muammolarni hal qiliş qobiliyatini baholovçi 12 ta kognitiv testdan ötişdi. Keyin olimlar olingan natijalarni iştirokçilar yaşaydigan hududlardagi ob-havo şaroiti bilan soliştirdi.

Maʼlum bölişiça, tungi haroratning yuqori bölişi assotsiativ xotiraning, yaʼni turli predmet va hodisalar örtasidagi aloqalarni eslab qoliş va qayta tiklaş qobiliyatining pasayişi bilan boğliq ekan. Aynan şu xotira insonga turli narsalarni, aytaylik kalit yoki közoynagini qayerda qoldirganini eslaşga, tanişining yuzini uning ismi bilan taqqoslaşga yordam beradi. Şu bilan birga, haroratning boşqa kognitiv testlar natijalari bilan jiddiy boğliqligi aniqlanmadi.

Tadqiqotçilarning fikriça, bunday qonuniyatning ehtimoliy sababi issiq tunlarda uyqu sifatining yomonlaşişi bölişi mumkin. Uyqu kun davomida olingan maʼlumotlarni mustahkamlaşda muhim rol öynaydi, şuning uçun uning buzilişi xotiraga salbiy taʼsir körsatişi mumkin.

Olimlar aniqlangan taʼsir vaqtinçalikmi yoki tungi yuqori haroratning muntazam taʼsiri kognitiv funksiyalarning uzoq muddatli yomonlaşuvi va demensiya xavfini oşirişi mumkinligini aniqlaş niyatida.

Avvalroq olimlar şirinlik isteʼmol qilişning xotira pasayişi bilan boğliqligini aniqlagan edi, deb xabar beradi lenta.ru.