Amerika Qöşma Ştatlariga bundan ön olti yil oldin qilgan safarim çoğida bir xorijlik suhbatdoşim qaysi yurtdan kelganimni söragan edi. “Özbekistondanman”, dedim. Uning yuzidagi ifoda bu nom quloğiga ilk bor çalinayotganidan darak berib turardi. Zora, asrlar dovonidan oşib, dovruği olis ellarga ham yetib borgan Samarqandu Buxoro, Toşkent unga taniş bölsa degan ilinjda şaharlarimiz nomini tilga oldim.
Suhbatdoşim telefonida dunyo xaritasini oçib, mamlakatimizni körsatişimni söradi. Men xaritani kattalaştira-kattalaştira Özbekistonni topdim. U boş irğab qöydi-da, gapni boşqa mavzuga burdi. Men esa suhbat davomida oğir bir öydan ança vaqtgaça xalos bölolmadim: men uçun butun bir olam bölgan yurt özga odamning tasavvurida hatto nom darajasida ham mavjud emas edi...
Axir, biz neça ming yillik tamaddun xotirasini muhtaşam obidalarida asrab kelayotgan fusunkor şaharlari, ildizlari tarixning teran qatlamlariga borib taqaladigan davlatçilik anʼanalari bor xalqmiz. Okean ortida ham Xorazmiy tafakkuridan ibtido olgan ilmlar taraqqiyotning yangi ufqlarini oçmoqda, Beruniy va Ibn Sinoning aqliy merosi başariyat zakovatini qayta va qayta quvvatlantirib kelmoqda. Ajdodlarimiz tafakkuri allaqaçon sarhadlar oşa butun insoniyatning maʼrifiy mulkiga aylangan bir paytda ular mansub bölgan yurtni xaritadan izlab körsatişga töğri kelgani açinarli holat edi.
Keyinçalik kasb taqozosi bilan xorij matbuotini kuzatganimda bir masalaga köp eʼtibor qaratadigan böldim. Dunyoning biz haqimizdagi bilimi özi qay darajada? Özbekning tabiati, turmuş tutumlari, ilmu zakovati, davlatçilik tafakkuri özga xalqlarga qançalik taniş? Ularning Özbekiston haqidagi bilimlari asosini qanday manbalar taşkil etadi?
Bu savollar zamirida juda katta hayotiy zarurat bor edi. Negaki, dunyo xalqlari özaro munosabatlarida bir-birini biliş va anglaş hodisasining örni katta. Bugun bir mamlakat bilan iqtisodiy aloqa örnatiş istagidagi kişi, avvalo, öşa yurtning keçmişi, odamlarining feʼl-atvori, mehnat madaniyati, ertangi kunga işonçi bilan qiziqadi. Boşqa birovni esa öşa elning maʼrifati, sanʼati öziga tortadi. Şu tariqa xalqlar örtasida yaqinlik paydo böladi, özaro işonçning ijtimoiy zamini hozirlanadi.
Yaqinda Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi delegatsiyasi tarkibida AQŞda bölib qaytdik. Olti kunlik safarimiz davomida könglimni yayratgan, ön olti yil oldingi öşa qayğuli xotiramga tamomila boşqaça mazmun bağişlagan holatlarga köp bora duç keldim. Bu gal Özbekiston nomini aytişimiz bilan suhbatdoşlarimizdan birining yodida yurtimizga qilgan safari jonlansa, boşqa biri könglida pişitib yurgan hamkorlik rejalarini örtaga taşladi. Mamlakatimiz hayotida keçayotgan evrilişlar xususida teran muşohada yuritayotgan, Özbekistonning ertangi kuniga katta qiziqiş bilan boqayotgan kişilarni uçratdik. Hatto özimiz ançadan buyon röyobga çiqariş umidida yurgan ayrim ğoyalarimizga ham şu olis zaminda hamfikrlar topdik. Bu gal Özbekistonning juğrofiy örnini tuşuntirişga hojat qolmadi. Suhbatlarimiz, asosan, yurtimizning buguni va istiqboli, muştarak muddaolarimiz xususida keçdi.
Tarixda şunday davrlar böladiki, bir xalqning hayotida keçayotgan yangilanişlar boşqa xalqlarning ham şu yurt haqidagi qaraşlarini özgartira boşlaydi. Özaro munosabatlarda avval bölmagan manfaatlar paydo böladi. Bu jarayonning eng qimmatli hosilasi — xalqlar örtasida fikr almaşinuvi jonlanadi. Keyingi yillarda Özbekiston hayotida keçayotgan ana şu hodisaning mohiyati xususida hali köp fikr yuritişimiz kerak böladi. Boisi, davlatimiz rahbari yuritayotgan taşqi siyosatning kölami kengaygani sari xalqimizning dunyo bilan bevosita muloqot qiliş maydoni ham kengayib bormoqda. Bir paytlar davlatlararo munosabatlar doirasida muhokama qilingan köp masalalar bugun olimlar, işbilarmonlar, ijodkorlar, yoşlar örtasidagi hamsuhbatlik mavzusiga aylandi.
Masalan, ötgan yili noyabr oyida Prezidentimizning Vaşingtonga taşrifi çoğida Özbekiston — Amerika munosabatlarini rivojlantirişning yangi istiqbollari belgilab olindi. Öşa taşrifning iqtisodiy va siyosiy ahamiyati haqida köp gapirildi. Biz esa bu gal uning boşqa bir jihatiga — ikki mamlakat jamoatçiligi örtasidagi aloqalar rivojiga, xususan, ijod ahlining hamfikrlikda işlaşi uçun yuzaga kelgan imkoniyatlarga eʼtibor qaratamiz.
Keling, şu maʼnoda, Amerika safari çoğida körgan-keçirganlarimiz, bizni quvontirgan va öylantirgan ayrim voqeliklar xususida fikrlaşsak.
Safar kişining qiyoslaş qobiliyatini östiradi
Safarning insonga zavq bağişlaydigan bir jihati bor: odatiy hayotimizda köp ham eʼtibor qilavermaydigan hodisalarning mohiyatini özga yurtlarda yurganimizda teranroq anglay boşlaymiz. Baʼzan özimizda bor neʼmatlar qadrini ham özga manzillarda his etamiz. Safar kişining qiyoslaş qobiliyatini östiradi, tafakkuriga erkinlik beradi.
Şunday qilib, ön ikki yarim soat havoda böldik. Arktika tomondan, Kanada hududi oşa AQŞga yetib bordik. Nyu-York aeroportida bizni vatandoşimiz, köpçilikka yaxşi taniş sport jurnalisti Otabek Eşmamatov kutib oldi.
Nyu-York haqida juda köp yozilgan. Uning salobatli binolari, şiddatli hayoti, dunyoning turli ölkalaridan kelgan kişilarni bağriga olgan köçalari haqida ança-munça tasavvurimiz bor. Mehmonxonamiz maşhur Tayms-skverga yaqin joyda ekan. Oqşom çoği şu maydonni aylandik. Rang-barang yoğdular, ulkan ekranlar, odamlar oqimi... Qiziği, şu maydondan bir oz nariga ötsangiz, Nyu-Yorkning boşqaça qiyofasi namoyon bölarkan. Osmonöpar imoratlar oraliğida yoruğlik ança siyrak, köçalarning tusi ham özgaça. Biz şu paytgaça Nyu-York haqida körgan lavhalarimizda, asosan, uning çaroğon manzaralariga guvoh bölganmiz.
Buning nozik jurnalistik mohiyati ham bor. Zero, bir şahar, bir mamlakat haqida dunyo ahlida şakllangan tasavvur köp jihatdan uning qaysi manzaralari muntazam körsatib kelinganiga ham boğliq ekan. Nyu-Yorkning birgina maydoni butun boşli şaharning timsoli darajasiga kötarilgan.
Samarqandning Registonini, Buxoroning minoralarini, Xivaning muhtaşam qalʼalarini dunyoga köp körsatamiz. Bunga töla asosimiz bor. Endi zamonaviy Özbekistonning dunyo kişilari xotirasida muhrlanişi mumkin bölgan manzaralari, bugungi özbek aqliy quvvatining timsollari haqida ham jiddiy boş qotirişimiz kerak deb öylayman. Maʼrifat dargohlarimiz, zamonaviy sanoat korxonalarimiz, ilm-fan kişilarimizning kaşfiyotlari, isteʼdodli yoşlarimizning hayot tarzi ham jahon ahli uçun Özbekistonni anglaş manbaiga aylansin.
Şu tariqa, olis yurtlarda kezib yurganimizda ham xayolimizning köp qismi Özbekiston bilan band böldi. Nazarimda, özga mamlakatlarni örganişga bölgan qiziqiş Vatan taqdiriga daxldorlik tuyğusi bilan uyğunlaşganida juda katta ijtimoiy maʼno kasb etadi. Vaşingtonda ilm ahli bilan keçgan muloqotlarimiz çoğida bu fikrimiz yanada mustahkamlandi.
Zamonning aqliy çorlovlariga munosib javob beriş zarurati
Vaşingtonda Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti raisi, amerikalik taniqli olim Frederik Starr bilan muloqotda böldik. Frederik Starr ismi maʼrifat ahliga yaxşi taniş. Uning 2013-yili naşr etilgan “Yöqotilgan maʼrifat: Markaziy Osiyoning arab istilosidan Amir Temurgaça bölgan oltin davri” asari Şarq tamadduniga doir tasavvurlarni boyitgan kitoblardan biridir. Olim keyinçalik Beruniy va Ibn Sino dahosiga bağişlangan yana bir salmoqli asar yaratdi.
Bu ikki kitobning dunyo maʼrifat maydonida paydo bölişida hikmat bor. Özingiz öylab köring, olis Amerikada tuğilib ösgan bir olim nega umrining salmoqli qismini bizning zaminimizda keçgan aqliy yuksaliş hodisalarini örganişga bağişladi? Nega oradan ming yil ötib, Beruniy va Ibn Sinoning fikrlaş tarziga ehtiyoj sezilyapti?
Gap şundaki, ilm tarixida kaşfiyotlarning özi bilan bir qatorda, ularning yuzaga keliş şart-şaroitlari, olimlarning tafakkur tutumlarini örganiş ham katta maʼrifiy qimmatga ega. Bundan ming yil muqaddam odamzod tabiat sirlari, koinot, inson vujudi xususida qanday savollarni örtaga qöygani, ularga javob topiş uçun qanday aqliy maşaqqatlarni zimmasiga olgani bugungi avlod uçun ham qiziqarlidir.
Frederik Starr bilan muloqotimiz çoğida gap özani Markaziy Osiyoning bugungi hayoti tomon burildi. Olim davlatimiz rahbarining mintaqada xavfsizlikni taʼminlaş borasidagi taşabbuslarini, mamlakatimiz axborot sohasida keçayotgan özgarişlarni yuqori baholadi. Özbekiston hayotini xalqaro matbuotda yoritadigan jurnalistlar, siyosiy şarhlovçilar tayyorlaş böyiça hamkorlik qiliş xususida fikrlaşdik.
Menimça, bu örinda özbek jurnalistikasining istiqboli bilan aloqador muhim bir masala ham bor. Özbek jurnalisti bugun Markaziy Osiyoda keçayotgan jarayonlar xususida jahonning nufuzli tahlilçilari bilan baravar fikr yurita oladigan, öz qaraşlarini ilmiy-siyosiy dalillar bilan asoslay biladigan tafakkur kişisi darajasiga kötarilişi zarur. Çunki mintaqamizdagi hayot, uning keçmişi, odamlarining orzu-intilişlarini bizçalik içdan biliş imkoniyatiga hamma ham ega bölavermaydi. Bu — bizga berilgan katta maʼrifiy ustunlik. Endi şu ustunlikni zamonaviy bilim, xorijiy tillar, xalqaro minbarlarda sözlay oliş mahorati bilan quvvatlantirişimiz kerak.
Ötgan yillar mobaynida Markaziy Osiyo davlatlari örtasidagi munosabatlarda juda katta evrilişlar sodir böldi. Olis yillar davomida töplanib qolgan murakkab masalalarni bahamjihat hal etiş, umumiy manfaatlarni anglaş taomilga kirdi.
Xöş, dunyo kişisi Markaziy Osiyoda yuz berayotgan ana şu tarixiy hodisalarni kimning nigohi orqali köryapti? Mintaqamiz haqida xalqaro maydonda şakllanayotgan siyosiy va ijtimoiy qaraşlarda şu zaminning özida yaşab, ijod qilayotgan jurnalistlar fikri qay darajada salmoqli?
Bu savollarga javob izlamoq fursati allaqaçon kelgan deb öylayman.
Safar davomida Amerikaning Hadson instituti, Xalqaro jurnalistlar markazi, Jorj Vaşington universiteti kabi nufuzli maʼrifat va tahlil dargohlari bilan ham hamkorlik xususida sözlaşdik. Özbekistonlik jurnalistlarning Amerika tahririyatlarida tajriba orttirişi, sunʼiy intellekt zamonida axborot bilan işlaş mahoratini oşirişiga doir yaxşi takliflar örtaga taşlandi.
Keyingi yillarda odamning axborot oliş qobiliyati bilan axborotni hazm qiliş qobiliyati örtasida katta tafovut paydo böldi. Odamzod bir kunda yuzlab xabarlar bilan tanişiş imkoniyatiga ega. Köp xabarlar kişi xotirasida bir kun ham yaşamayapti. Hodisalarning biri ikkinçisini siqib çiqaryapti. Şunday şaroitda jurnalistikaning odamzodni fikrlaşga undaş, ijtimoiy voqelikning maʼno-mazmunini anglatişdek azaliy vazifasi yanada qadrli bölib boradi. Jurnalistikaga sunʼiy intellekt kirib kelgani sari ijod ahlining aqliy mehnatiga qöyiladigan talablar ham özgardi. Biroq voqelikni teran idrok etgan, öz xalqining tarixiy tafakkuri, hayotiy falsafasidan boxabar, dunyoning bugungi muddaolarini yaxşi anglaydigan jurnalist har qanday texnologik muhitda ham öz söziga ega böla oladi.
Şu maʼnoda, jurnalistlarimizning xorijda tajriba orttirişidan közlangan maqsadlar ham keng qamrovli bölişi kerak. Ilmiy dargohlardagi bahs-munozaralar, tahlil markazlarining fikrlaş muhiti, nufuzli naşrlarning maqola yaratiş madaniyati bilan tanişiş ijod kişisining dunyoqaraşiga köp narsa qöşadi. Özbek jurnalistikasiga ana şunday keng bilim doirasiga ega qalam sohiblari juda-juda kerak.
Safarimizning köngilga yaqin voqealaridan yana biri Özbekistonning Vaşingtondagi elçixonasida keçdi. Bu yerda “Diplomatic Watç” jurnali boş muharriri Viktor Gotevbega “Oltin qalam” milliy mukofotini topşirdik. Marosimda Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi raisi Şuhrat Oripov bilan birgalikda kasbiy hamkorlik kölamini kengaytirişning ahamiyati xususida söz yuritdik. Özbekiston haqida köplab tahliliy maqolalar yozgan amerikalik jurnalistlar Viktor Gotevbe va Jeyms Durso Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasining faxriy aʼzolari böldi.
Bunday eʼtibordan ruhlangan Viktor Gotevbe bugungi Özbekiston, mamlakatimizda bölayotgan katta özgarişlar haqida köp iliq gaplar aytdi. “Bugun Amerikada “Oltin qalam”ni qölimda tutib turganimdan mamnunman. Bu mukofot menga juda qadrli, çunki u mamlakatingizda bölayotgan tarixiy özgarişlarni faol yoritişim uçun xizmat qiladi. Özbekiston bilan boğliq taassurotlarim meni doim ilhomlantirib turadi, öylab yurgan rejalarim köp. Yurtingizga borib, sizlar kabi hamkasblarimiz bilan muloqotlar qiliş, Özbekistondagi yangi-yangi özgarişlar, odamlar hayoti va yangiça dunyoqaraşlar haqida maqolalar tayyorlaş istagidaman”, dedi amerikalik hamkasbimiz.
Ular bilan keçgan muloqotlardan söng millatning dunyo ahli orasida orttirgan maʼrifiy döstlari ham uning katta boyligi ekani xususida öyladim. Bunday döstlikning umri uzoq böladi. Boisi, uning zamirida insonning özga bir xalqni bilişga sarflagan aqliy mehnati, şu xalq hayotidan hosil qilgan bilimi, unga nisbatan paydo bölgan samimiy munosabati yotadi.
Milliy mansublikning maʼrifiy qudrati
Nyu-Yorkning Bruklin dahasida köplab vatandoşlarimiz istiqomat qiladi. Bu yerda özbekning turmuş tarzi, feʼlu tabiatini saqlab, Amerika hayotiga uyğunlaşib ketgan kişilarni uçratasiz. Ularning hayot yöllari, kasb-kori, özga muhitda orttirgan tajribalari haqida eşitiş maroqli.
Bruklinda taniqli ijodkor Otabek Mahkamov bizni mehmon qildi. Keyin yaqinda köçib ötgan yangi xonadoniga bordik. Uning ilk mehmonlaridan böliş nasib etganidan xursand böldik.
Otabekning körsatuvlarini ilgaridan kuzatib yurardim. Oçiği, uning bilim doirasi bu qadar kengligini, xayolida şunçalar köp ijodiy muddaolari borligini bu galgi suhbatimizda kaşf etdim. Hatto Otabekka hazil aralaş “Siz harakatlanadigan ensiklopediyaga öxşar ekansiz”, dedim. Çunki u qaysi mavzu xususida söz oçmasin, öşa mavzuning tarixiga, öziga xos jihatlarigaça biladi. Amerikadagi turli eʼtiqod va turmuş tarzi egalari bilan uçraşgani, ularning hayotiga bağişlab tayyorlagan körsatuvlari haqida gapirib berdi. Yaqinda Alyaskaga borib kelgan ekan. U yerdagi ijodiy izlanişlarining ayrim lavhalarini kördik. Otabekning ana şu ğayratiga qoyil qoldim. Ijodiy mehnatda kişini halovatidan keçişga, yana va yana yangi manzillar sari otlanişga undaydigan kuç bor. Bunday odamlar uçun bilib olingan har bir yangi narsa navbatdagi izlanişlarning boşlaniş nuqtasi bölib xizmat qiladi. Ijodning zavqi ham şunda asli.
Aytgança, Vaşingtondagi elçixonamizda yoş diplomat Humoyun Ahmadov bilan ham tanişdik. Uning bilimdonligi, muomala madaniyati, tadbirlarni taşkil etişdagi mahorati bizga juda maʼqul keldi. Özga yurtda mamlakatimiz nomidan iş yuritayotgan şunday yigitlarni körganingda, yoş avlodimizga nisbatan işonçing yanada ortadi.
Diplomatiyada insonning şaxsiy fazilatlariga juda katta ehtiyoj bor. Özga xalq kişisi bilan til topişa biliş, suhbatdoşining tabiati va tafakkur tarzini anglaş, öz fikrini uning idrokiga monand tarzda ifodalay olişning özi katta ilm. Bu kasb egasining muomalasida, fahmu farosatida, sözida u mansub bölgan elning madaniyati ham namoyon böladi.
Keyingi yillarda davlatimiz siyosatida xorijdagi vatandoşlarimiz bilan muloqotga katta ahamiyat qaratilayotganining maʼrifiy va iqtisodiy asoslari ham şunda.
Juda yaxşi eslaymiz, 2023-yili Prezidentimiz Nyu-Yorkda Amerikada istiqomat qilayotgan vatandoşlarimiz, şu mamlakatning nufuzli oliy taʼlim dargohlarida öqiyotgan yoşlarimiz bilan uçraşgan edi. Davlatimiz rahbari ularning faoliyati, ilmiy izlanişlari, Özbekiston bilan boğliq rejalariga qiziqdi. Bunday muloqotlarda kişining Vatan bilan maʼnaviy boğliqligini quvvatlantiruvçi katta hayotiy maʼno mujassam. Xorijda yillar davomida orttirilgan bilim va tajribaning öz yurti taraqqiyoti uçun ham kerakligini his qilib yaşaş odamga özgaça rağbat bağişlaydi. Uning kasbiy intilişlari bilan Vatan taqdiri örtasida yangi manfaatlar, muştarak maqsadlar paydo böladi.
Safarimiz çoğida bizni kutib olgan, hamrohlik qilgan Otabek Eşmamatovga, mehmondöstligi va ajoyib suhbatlari uçun Otabek Mahkamovga yana bir bor taşakkur aytmoqçiman. Vaşingtondagi tadbirda Otabek Eşmamatov hamda Kun.uz naşrining Amerikadagi maxsus muxbiri Şohrux Majidovga Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasiga aʼzolik guvohnomalari topşirilgani ular bilan kasbiy aloqalarimizni yanada mustahkamlaşga xizmat qiladi degan umiddamiz.
Ijod ahlining özaro qadrdonligida katta maʼrifiy kuç yaşaydi. Bunday qadrdonlikni asraş, uni yangi mazmun bilan boyitib boriş faqat özimizga boğliq. Olis yurtlarda özbekning ilmi, hunari, madaniyati bilan hurmat topib yaşayotgan kişilari qança köp bölsa, millatimizning insoniy quvvati ham şunça ortib boradi.
Özbek ayvoni — xalqimiz turmuş falsafasining timsoli
Amerika safaridan qaytib kelganimizdan söng könglimizni xuşnud etgan yana bir xabar tarqaldi. AQŞ Prezidenti Donald Tramp 24-noyabr kuni mamlakati mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan davlatimiz rahbari Şavkat Mirziyoyev tuhfa qilgan özbek ayvonlari xususida alohida söz yuritib, samimiy minnatdorlik bildirdi. Vaşingtonning sölim göşalaridan birida qad rostlagan bu ayvonlarni bunyod etiş uçun özbek ustalari bir neça oy Amerikada mehnat qilgan. Ikki yuz yillik toğ yonğoği yoğoçidan yönilgan ustunlar, nafis öymakorlik bilan bezatilgan şiftlar Amerika jamoatçiligining eʼtiborini tortmoqda.
Xalqimizning meʼmoriy tafakkurida ayvonning alohida örni bor. Azaldan özbek uy-joy qurişda tabiatga yaqinlik, oila aʼzolarining birga vaqt ötkazişi, mehmonnavozlik udumlarini ham nazarda tutgan. Ayvon ana şu hayotiy ehtiyojlar hosilasi sifatida bunyod etilgan. Dalalarda qurilgan şiyponlarda esa mehnat ahli hordiq çiqargan, tanovul qilgan, rözğor taşvişlari, el-yurt yumuşlari xususida maslahatlaşgan.
Şu maʼnoda, özbek ayvonining tarbiyaviy qimmati haqida ham alohida söz yuritiş mumkin. Uning meʼmoriy yeçimida kişilarni jamlaş, hamsuhbatlikka çorlaş kabi insoniy muddaolar mujassam. Xalqimizda “Özganing toqu ravoğidan özingning ayvoning yaxşi”, degan purmaʼno maqol bor. Unda Vatanga muhabbatning juda tabiiy, xalqona ifodasi aks etgan. Öz uyingning fayzi, qadrdon kişilaringning mehri, tuğilib ulğaygan zaminingga boğliqlik hissi özga yurtlarning qançalik muhtaşam manzaralari qarşisida tursang ham könglingni tark etmaydi.
Bugun özbek ayvoni olis Amerikada ham odamlarni öz panohi ostiga çorlayotganidan quvonişga haqlimiz. Vaşingtonda naşr etiladigan “Waşingtonian” jurnalida uşbu ayvonlarga bağişlangan maqolani öqib qoldim. Jurnalist Indiana universitetining Yaqin Şarq, islom va Markaziy Yevroosiyo tadqiqotlari böyiça mutaxassisi Akram Habibulla bilan suhbatlaşib, özbek şiyponlarining tarixi, xalqimiz turmuşida tutgan örni xususida maʼlumot beribdi. Şiyponlarda odamlar çoy içişi, suhbatlaşişi, şaxmat öynaşi haqida ham yozibdi. AQŞ Milliy boğlar xizmati rasmiy saytida ham özbek ayvonlari haqida alohida sahifa oçilgan.
Şunday paytlarda xalqimizning maʼnaviy bisotida hali dunyo ahlini hayratga soladigan qançadan-qança boyliklar borligi xususida öylab qolasan kişi. Ularning köpi kundalik hayotimizga şu qadar singib ketganki, baʼzan özimiz ham ularning qimmatini töla idrok etavermaymiz.
Xöş, dunyo ahlida xalqimizga nisbatan paydo bölayotgan hurmat va qiziqiş bardavom bölişi uçun biz yana qanday ezgu işlarga qöl urmoğimiz kerak?
Nazarimda, yangi Özbekiston hayotida keçayotgan bugungi siyosiy-maʼrifiy yuksaliş davri har birimizdan öz kasbimizda yangi quvvat bilan işlaşni taqozo etyapti. Olimdan — yangi ilmlar yaratişni, muallimdan — dunyo miqyosida fikrlaydigan avlod tarbiyalaşni, ijodkordan — özbek tafakkurining zamonaviy kölamini namoyon etadigan asarlar bitişni.
Biz, qalam ahlining ham xalqimiz tarixining şu ajib pallasi oldidagi burçimiz katta. Özbekning bugungi hayotini teran anglaşimiz, undagi yangilanişlarning tarixiy mohiyatini oça bilişimiz, özga xalqlarning ilmu maʼrifatidan bahramand bölib, ular bilan baravar fikr yuritiş salohiyatiga erişişimiz zarur. Amerika safari bizga ana şu maʼnoda ham qimmatli böldi. Özbek degan nom dunyo kişisi xotirasida ilmga rağbati baland, ahdiga vafodor, hunarida mohir, tafakkuri uyğoq va köngli oçiq insonlar timsolida yaşaşini istaymiz. Buning uçun har birimiz öz aqliy quvvatimiz bilan millatning dunyodagi obrösiga uluş qöşib yaşamoğimiz kerak. Vatanga muhabbatning bugungi zamonga munosib amaliy ifodalaridan biri ham şu, aslida.
Salim DONIYOROV,
Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan jurnalist