Kaminaga “Hozirgi zamon va Yangi Özbekiston” kitobi haqida söz yuritiş, uning mazmun-mohiyati va ahamiyatini iordaniyalik davlat va siyosat arboblari, olimlar va din peşvolari, madaniyat va noşirlik ahli, yoşlarga yetkaziş şarafi va katta masʼuliyati yuklandi.

Qolaversa, Yangi Özbekistonimizning şonli ön yilligigina emas, ungaça keçgan ikki bosqiç — mustaqil taraqqiyotimizning ilk çorak asri va 130 yillik mustamlaka zamonini boşidan ötkazgan zamondoş, uzoq vaqtdan buyon özbek davlatining 3000-yillik ötmişini ilmiy örganib kelayotgan mutaxassis bölmiş men uçun bu iş öziga xos burç ham edi.

Biz Yangi Özbekiston va uning asosçisi Şavkat Mirziyoyev boşlagan buyuk özgarişlar va yangilanişlarni tahlil etişda faqat sönggi yillar yoki mustaqillik bosqiçi nuqtai nazaridan emas, balki qadim tariximiz hamda yurtimiz va bugun Markaziy Osiyo atalmiş mintaqamizdan-da kengroq kölamni közda tutişimizga töğri keladi.

Şavkat Mirziyoyev şaxsi va davri tasodifiymi yoki bu yerda qandaydir qonuniyat bormi?

Ha, bu yerda katta va asosli qonuniyat bor. 2016-yilga kelib, jamiyatimiz turiş-turmuşining barça yönalişlarini tubdan özgartirişga juda katta va kuçli ehtiyoj hamda tarixiy zarurat yetilib bölgan edi.

Kişilik tarixiga Ikkinçi Uyğoniş davri ölaroq kirgan siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-madaniy yuksalişlarimiz yakun topgan ön beşinçi yuz yillik oxirlaridan ön töqqizinçi yuz yillik örtalarigaça keçgan öta murakkab va oğir tarixiy bosqiç xalqimizning Rossiya imperiyasi mustamlakasiga aylanişi bilan tugagan.

Keyingi 130 yil biz uçun öta fojiali keçdi. Siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va diniy huquqlarimizni yöqotdik, yer osti, yer usti boyliklarimiz, tarixiy-madaniy merosimiz talandi, özbek xalqi paxta qullariga aylantirildi, butun boşli Orol dengizi quritildi, milliy naslimiz juda katta talafot kördi, millatimizning eng isteʼdodli va zukko qatlamlari — olimlar, öqituvçilar, söz va sanʼat ustalari, işbilarmonlar, harbiy sarkardalar, din peşvolari qirib taşlandi.

Biz uçun ulkan milliy fojiaga aylangan mustamlaka davrining oğir va keng kölamli asoratlarini yöqotiş 1991-yili milliy davlatçiligimizni tiklaganimizdan keyingi 25 yil içida ham öta qiyin keçdi.

Bir söz bilan aytganda, 2016-yil 4-dekabrda bölib ötgan erkin saylov natijasida 88,61 foiz ovoz olib, Özbekiston Prezidenti bölgan Şavkat Mirziyoyev oldida sönggi 500 yildan ortiq juda katta muddat içida yiğilib qolgan, bir-biridan çigal va oğir siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va taşqi muammolarni yengib ötiş tarixiy vazifasi turar edi.

Şu örinda özbek va arab xalqlarida bor bir hikmatni esga olgan bölardik: “Allohning iznisiz hatto yaproq ham yerga tuşmaydi”.

Çindan ham tilga olingan yarim ming yillik muammolar yeçimini topiş, davlat va jamiyat turiş-turmuşini butunlay yangiça asosda qayta quriş va bu tarixiy özgarişlarni xalqi, ayniqsa, ijtimoiy zaif qatlamlarni qiyin ahvolga solmasdan bajarişga faqat va faqat şunga mutanosib buyuk şaxs, donişmand va adolatli yetakçi qodir böla olardi. Ötgan öta qisqa muddat — ön yillik natijalar Şavkat Mirziyoyev aynan şunday kölam va yuksak maqomdagi islohotçi ekanini töliq tasdiqladi.

Yana bir muhim qonuniyat Şavkat Mirziyoyevning tarjimai holidagi eng muhim jihatlardir. Ularni biliş, bir tomondan, bu dunyoda heç bir narsa, ayniqsa, olamşumul yutuqlar öz-özidan bölmasligi hikmatini yana bir marta isbotlasa, ikkinçi tomondan, har qanday ezgu niyat, buyuk ğoya, ulkan rejalarni amalga oşiriş uçun şaxsda şunga yaraşa isteʼdod va kuç ham bölişi şartini tasdiqlaydi!

Şu maʼnoda, Şavkat Mirziyoyev:

1. Milliy qadriyatlarimiz va zamonaviy ilğor qaraşlar uyğun oilada tuğilib ösgan, taʼlim-tarbiya topgan.

2. Bilimga öta çanqoq bölgan, öz ustida uzluksiz işlaşdan heç qaçon töxtagan emas.

3. Öqituvçilik va olimlik maşaqqatini boşidan ötkazgan.

4. Xalqining tarixi, madaniyati, adabiyoti, eʼtiqodi, qadriyatlari, feʼl-atvorini öta yaxşi bilgan.

5. Özbekiston uçun eng oğir paytlarda universitet prorektori, parlament aʼzosi, tuman, viloyat hokimi, Boş vazir singari faoliyat bosqiçlarini boşdan keçirgan.

6. Davlat boşqaruvining eng quyidan yuqorigaça bölgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy tizimi va özbek xalqi barça qatlamlarining turiş-turmuşi, orzu-havaslari, dard va muammolarini özidan ötkazgan.

7. Markaziy Osiyodagi siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy vaziyat, xalqaro munosabatlar, jumladan, turkiy dunyo, islom olamidagi ahvol yuzasidan çuqur bilim va aniq qaraşlarga ega bölgan.

8. Özbekistonni özgartiriş, yangilaş böyiça aniq maqsadi, bilimi va dasturi bölgan.

Yangi Özbekistonning mazmun-mohiyati nimalardan iborat?

Uşbu savolga mazkur tarixiy ğoya egasining özigina eng töğri javob berişi tabiiy va uni biz bugun taqdimoti qilinayotgan kitobdan topamiz. Demak, Yangi Özbekiston bu:

Birinçidan, inson, uning hayoti, erkinligi, şaʼni va qadr-qimmati oliy qadriyat hisoblanadigan insonparvar, suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat, oçiq va adolatli jamiyatdir.

Ikkinçidan, har bir özbekistonlikka öz salohiyatini röyobga çiqarişi uçun barça imkoniyatlar yaratilgan, erkin va farovon, qudratli mamlakatdir.

Uçinçidan, soğlom, bilimli va maʼnaviy barkamol insonlar yurtidir.

Törtinçidan, global işlab çiqarişning muhim va ajralmas böğiniga aylangan, kuçli iqtisodiyotga ega davlatdir.

Beşinçidan, inson va biznes manfaatlari adolatli qonunlar asosida himoya qilinadigan jamiyatdir.

Oltinçidan, mamlakat içkarisida yoki xorijda böladimi, vatandoşlarimizni har qanday şaroitda ham himoya qila oladigan, çegaralari işonçli qöriqlanadigan, xavfsiz va barqaror davlatdir.

Öz tarixiy vazifasini bajariş yölida Şavkat Mirziyoyev işni nimadan boşlagan edi?

Ötgan ön yillik tub özgarişlar va yangilanişlarning tirik guvohi, ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning faol qatnaşçisi va tahlilçisi ölaroq quyidagilarga diqqatni qaratgan bölar edik. Şavkat Mirziyoyev:

1. Eng avvalo, xalqiga erkinlik berdi — siyosiy, iqtisodiy hamda söz va fikr erkinligi!

2. Bundan buyon xalq davlat xizmatida emas, davlat xalq xizmatida bölişini ­eʼlon qildi va davlat boşqaruvining uşbu siyosat negizida işlaş tizimini yaratdi hamda uning oçiqligini taʼminladi.

3. Inson qadri barça narsadan ustunligi, inson ertaga emas, bugun yaxşi yaşaşi kerakligini eʼlon qildi va davlat boşqaruvining barça böğin va poğonalarini aynan şu qoidaga köra işlaşga ötkazdi.

4. Ijtimoiy himoya tizimini tubdan özgartirdi, ön yillar içra tan olinmay kelingan haqiqat — Özbekistonda kambağallik borligini oçiqçasiga eʼlon qildi va uni yöqotişning samarali va butunlay yangiça tizimini yaratdi.

5. Çalakam-çatti emas, rosmana bozor iqtisodiyotiga ötiş zaruratini eʼlon qildi va uşbu jarayonning adolatli va qonuniy negizini barpo etdi.

6. Yoşlarni har tomonlama avaylaş va qöllab-quvvatlaşning zamonaviy tizimini yaratdi, ularning taʼlim-tarbiya olişi, soğliğini saqlaş, iş bilan taʼminlanişini davlat siyosatining ustuvor yönalişlari qatoriga qöydi.

7. Jamiyatdagi maʼnaviy-maʼrifiy muhitni tubdan yaxşilaş, tarixiy-madaniy merosimizni asraş, tarğib etiş, ota-bobolarimizdan ötib kelayotgan diniy eʼtiqodning ilmiy va maʼrifiy özagini mustahkamlaş işlariga şaxsan boşçilik qildi.

8. Taʼlim-tarbiya, ilm-fan, madaniyat, sayyohlik yönalişlarining taşkiliy, huquqiy va moddiy poydevorini tubdan yangiladi.

9. Tilga olingan barça yönalişlarning konstitutsiyaviy va huquqiy asoslarini yangiladi, zamonaviylaştirdi.

Yangi Özbekiston tarixiy bosqiçi boşlangan 2016-yil kuzi juda yaxşi esimizda. Bugun 2026-yil söngida turibmiz. Ön yil qanday ötib ketganini bilmay ham qolasan kişi.

Biroq uşbu muddat şunçaki keçgani yöq. Bir söz bilan aytganda, Özbekistonning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy özagi hamda taşqi körki butunlay özgarib ketdi. Bundan atigi ön yil burun hatto orzu qiliş mumkin bölmagan voqeliklar yuzaga keldi.

Eng muhimi, Şavkat Mirziyoyev özbek xalqining turmuş tarzi va dunyoqaraşini özgartirişga erişdi.

Yangi Özbekistonda qölga kiritilgan boş yutuqlarimiz

1. Jamiyatimizda erkinlik va oçiqlik muhitining siyosiy, huquqiy va iqtisodiy poydevori yaratildi. Öz sözini bemalol aytiş va erkin fikr yuritiş Yangi Özbekiston turmuş tarzining ajralmas va tabiiy bölagiga aylanib böldi.

Bugun OAV soni 2016-yildagiga nisbatan deyarli ikki martaga köpayib, 2700 taga yetdi. Eng muhimi, ularning 67 foizi, noşirlikning 90 foizdan ortiği, matbaa korxonalarining 83 foizi xususiydir.

Aholi yaşaş manzillarining 99,5 foizi internet tarmoği bilan qamrab olingan, 10 yoşdan katta aholi orasida internet foydalanuvçilari uluşi esa 97,3 foizni taşkil etmoqda. Optik tolali aloqa tarmoqlari qamrovi deyarli 100 foiz.

2. Özbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasi, yaʼni fuqarolarning töğridan töğri davlat rahbari va uning maʼmuriyatiga murojaat qiliş, muammolarini hal qiliş tizimi yaratildi.

Özbekiston uçun butunlay yangilik — Davlat xizmatlari markazlari tizimi tuzildi. U orqali bugun 624 turdagi xizmat körsatilmoqda va uşbu xizmatlarning 86 foizi onlayn ravişdadir.

3. Özbekiston ijtimoiy davlat ölaroq eʼlon qilindi va bu Konstitutsiyada muhrlandi. Ötgan ön yilda özbekistonliklarning yaşaş şaroitlari tamoman özgardi.

Bugungi Özbekistonni ulkan quriliş maydoniga öxşatiş mumkin. Yangi şaharlar, jumladan, 2 million aholiga möljallangan Yangi Toşkent şahri, tumanlarda “Yangi Özbekiston” massivlari barpo etilmoqda. Ötgan ön yilda 650 mingdan ortiq oila öz uyiga ega böldi.

Kambağallik darajasini 2017-yildagi 35 foizdan 2026-yili 4 foizga tuşirişga erişildi. Natijada 10 million yurtdoşimizning turmuş sifati butunlay yaxşilandi.

4. Bozor iqtisodiyoti talablariga rioya qiliş, raqobatbardoşlik, şaxsiy manfaatdorlik, qonun ustuvorligi omillarini kuçaytiriş, oçiqlikni taʼminlaş, valyuta, soliq, bojxona va sarmoyalar siyosatida tub özgarişlar amalga oşirildi. Yer xususiy mulk bölişi mumkinligi Konstitutsiyada belgilab qöyildi.

Özbekiston bugun “iqtisodiyoti möʼtadil erkin” davlatlar qatoridan örin oldi. 10 yil burun iqtisodiyotimizga yiliga 2-3 milliard dollar çet el sarmoyasi kirib kelgan bölsa, hozirgi paytda uşbu körsatkiç 40-50 milliard dollarga yetdi.

Yalpi içki mahsulot 2016-yildagi 45 milliarddan 2026-yili 200 milliard dollarga, aholi jon boşiga daromad esa 1231 dollardan 5200 dollarga yetişi kutilyapti, yaʼni tört martadan ortiqqa ösmoqda.

5. Aynan Yangi Özbekistonda xalqimiz “yaşil iqtisodiyot” nimaligini öz közi bilan kördi, kundalik turmuşida his qildi.

2016-yili quyoş energetikasi uluşi 0,3 million kilovatt-soat bölgani holda 2026-yili 8 milliard kilovatt-soatga yetdi, yaʼni deyarli 27 ming karra oşdi va barça turdagi energetika manbalarining 31 foizini taşkil etdi.

Qişloq xöjaligida ön yil burun atigi 19 ming gektar yerda suvni tejaş texnologiyalari qöllangan bölsa, 2026-yili uşbu körsatkiç 2,8 million gektarga yetdi, yaʼni deyarli 150 karra ösdi.

Örmon yerlarining maydoni 2016-yildagi 2,9 million gektardan 2026-yili salkam 5 million gektarga köpaydi.

6. Ötgan ön yilda aholimiz 8 millionga köpaygani şaroitda ham boğça qamrovi 27 foizdan 78 foizga yetkazildi. Maktablarda 1,5 million qöşimça öquvçi örni yaratildi. Tarixda ilk bor Prezident, ijod va ixtisoslaşgan maktablarning butunlay yangiça tizimi taşkil etildi. Universitetlar soni 70 tadan 215 taga, talabalar soni 270 mingdan 1,6 million nafarga yetdi.

Soğliqni saqlaş sohasiga ajratilayotgan mablağ 8 karradan oşib ketdi. Ötgan 10 yilda 652 ta yangi tibbiyot muassasasi barpo etildi, xususiy tibbiyotga keng yöl oçildi.

Ilgari çet ellarda amalga oşirilgan 100 dan ortiq turdagi murakkab taşxis va davolaş usullari bugun yurtimizda ham mukammal bajarilmoqda. Özbekiston aholisining örtaça umr köriş davomiyligi esa 73,7 dan 76,4 yoşga yetdi. Gödaklar va onalar ölimi körsatkiçi 4 karra kamaydi.

7. Şavkat Mirziyoyev Özbekiston Maʼnaviyat va maʼrifat kengaşi raisi sifatida milliy tarix, madaniyat, qadriyatlarimizni köz qoraçiğidek asraş, oila va taʼlim-tarbiya tizimida oqilona qöllaş, islom dinining tinçlik, yaratuvçanlik va maʼrifatparvarlik ahamiyatini mustahkamlaş işlariga şaxsan boş-qoş bölmoqda.

Bu borada 2026-yil alohida tarixiylik kasb etadi. Negaki, uşbu sanada Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Burhoniddin Marğinoniy yodgorlik majmualari kabi tengi yöq ilmiy-maʼrifiy maskanlar barpo etildi.

8. 2023-yili yangi tahrirdagi Konstitutsiya qabul qilindi. Şu tariqa Yangi Özbekistonning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va maʼnaviy asoslarining huquqiy tizimi mustahkamlab qöyildi.

9. Şavkat Mirziyoyevning uzoqni köra biliş, mintaqaviy va yalpi xalqaro vaziyatni oqilona baholay oliş, özaro munosabatlarda adolat mezoniga rioya qiliş, insonsevarlik fazilatlari şarofati bilan ön yil burun xomxayol sanalgan quyidagi natijalarga erişildi:

1. Uruş yoqasiga kelib qolgan, davlatlararo çegaralar yopilgan, hatto minalaştirilgan Markaziy Osiyoda özaro işonç, ahil qöşniçilik, strategik şeriklik va döstlik aloqalari tiklandi.

2. Sönggi qirq yil içida xavf-xatar öçoği ölaroq qabul qilingan Afğoniston bilan bosiq va konstruktiv siyosat örnatildi.

3. Arab va musulmon dunyosi davlatlari bilan tarixiy munosabatlarimizga yangiça ruh va sifat bağişlandi. Islom olamining Makka va Madina, Samarqand va Buxoro, Xiva va Termizdagi muqaddas ziyoratgohlariga boriş-kelişlar uçun eng qulay şaroitlar yaratildi.

4. Yevropa Ittifoqi, Amerika, Osiyo-Tinç okeani mintaqasi bilan munosabatlarimiz yanada mustahkamlandi. Şarqiy Yevropa, Afrika va Lotin Amerikasida yangi hamkorlik yönalişlari oçildi.

5. Yurtimiz bilan diplomatik munosabat örnatgan davlatlar soni deyarli 170 taga yetdi.

“Hozirgi zamon va Yangi Özbekiston” asari yuqorida urğu berilgan omillar şunçaki kaminaning şaxsiy keçinmalari emas, balki aniq dalil va natijalarga egaligini isbotlaydi. Eng muhimi, ular Özbekiston, Markaziy Osiyo doirasidagina emas, balki, heç bir mubolağasiz, zamonamiz va kişilik tarixidagi samarali islohotçi va yangilovçi ölaroq eʼtirof etilayotgan Şavkat Mirziyoyev va Yangi Özbekiston haqiqatini oydinlaştirib beradi!

Azamat ZIYO,

ÖzFA Tarix instituti direktori, akademik,

Oliy Majlis Senati aʼzosi