Ijodkormiz, jurnalistmiz. Mamlakatimizdagi yangilanişlarni, özgariş va islohotlarni muntazam kuzatib boramiz. Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning har bir ötkazgan yiğilişi, hududlarimizga taşriflarini, xorijga safarlari tafsilotlarini keng yoritişga harakat qilamiz. Keyingi yillarda oddiy insonlar hayotidagi özgarişlar falsafasi ham doimiy mavzularimizdan biriga aylangan.
Bu bilan aytmoqçimizki, bugungi tahlikali, murakkab va dolğali bir davrda yurtimizdagi gözal yuksalişlar silsilasi könglimizga xotirjamlik baxş etib turibdi.
Ammo hozirgi sinovli dunyoning bir qayğuli hikoyasi bor. Turli hududlarda sodir etilayotgan qurolli mojarolar tufayli begunoh odamlar qurbon bölayotgan, hali hayotning şirin taʼmini bilmagan gödaklar ota-onasi, ota-onalar murğakkina farzandining jonsiz tanasini quçib dod-faryod urayotgan ayançli lahzalarni körib, kuzatib, titrab turibmiz. Ular tongda tirik uyğonişni hayotning eng totli lahzasi deb biladi.
Biz esa har kuni yangidan yangi rejalar tuzyapmiz, milliy yuksalişimizning asoslarini mustahkamlaş bilan bandmiz. Buning uçun Yaratganga köp şukrlar aytişimiz kerakmasmi?!
Prezidentimizning suyukli nevarasi Şavkatbekka yozgan maktubini öqigaç, eng avval xayolimdan ötgan mulohazalar mana şular edi.
Darvoqe, kiçik Şavkatbekka bu maktub samodan yöllandi. Samo hikmatga töla. Maktubda aks etgan hikmatlardan biri bunday: “Bu dunyoda millatning dardiga darmon bölişdan köra aʼlo va afzal iş yöq”.
Şu nuqtada bir zum tin olamiz, çuqur muşohadaga çömamiz. Dunyo, millat, dardga darmonlik, aʼlo va afzal. Bu sözlar maktub satrlari aro katta bir hayot kahkaşoniga olib çiqadi kişini. Dunyo özi dardga tölib-toşib yotibdi. U öz bağrida qança millatu elat borligini bilarmikan, Yo Rab! Insoniyat yaralibdiki, yaşaşga, yaşab qolişga intiliş istagi jöş uradi, tiriklik uçun kuraşib keladi. Şu maqsad yölida qaqşatqiç qurollar yaratildi, ona tabiat neʼmatlaridan şafqatsizlarça foydalanildi, hatto ölim hukmi ijro etildi. Söng bunday kuçlarga qarşi maʼnaviyat burçagi ham paydo böla boşladiki, unda insoniy xislatlarni fazilatga aylantiriş masalasi kun tartibiga çiqdi. Nihoyat, qabila va qavmlar, millatlar va davlatlar sardorlar boşqaruviga öta boşlagaç, egalik huquqidagi ölkalar gullab-yaşnaşi ularning siyosiy va maʼnaviy iqtidoridan qör ola boşladi. Şu-şu kayvoni dunyoning omonat ayvonida yaşab kelayotgan milliy davlatçiliklar rivoji aynan podşolar nuktadonligiga har jihatdan boğliq bölib keladi. Podşoning öz xalqi dardiga darmonlikni hamma narsadan aʼlo va afzal bilişi esa buyuk toledan darak beradi. Bugun biz aziz Vatanimizda şunday baxtdan masrurmiz.
Maktubni öqir çoğimda xayolimdan ötgan navbatdagi mulohazalar edi bu.
Yana bir tölqinli gapim bor. Uni maqola söngida aytmoqçiman. Hozir esa Prezident boboning maktubi milliy jamiyatimizga, ota-onalar va farzandlar munosabatlariga, oilaviy muhitga qançalik öz taʼsirini ötkazayotganiga doir uçta muhim jihatga töxtalmoqçi edim.
Birinçisi. Bu maktub oilalarga fayzu tarovat olib kirmoqda. Ota-onalarning farzandlariga, farzandlarning ota-onasi, yaqinlariga mehrini jöştirmoqda. Nuroniylarimiz, kayvonilarimiz öz nabiralarini yanada qattiqroq yaxşi körmoqda. Boisi, maktubdagi har bir satr Prezidentimizning butun Özbekiston bolalariga bobolik mehri bilan yozilgan va şuning uçun u bugun barça oilalarda jöşqin mehr bilan öqilmoqda.
Ikkinçisi. Milliy jamiyatimizda tarbiyaviy va maʼnaviy uyğoniş hodisasiga yöl boşlamoqda. Çunki maktubni faqatgina uluğ bir boboning öz nabirasi yoki butun mamlakatimiz bolalariga mehru muhabbati deb talqin qilsak, asl maqsadni tölaqonli oçolmagan bölamiz. Osmonu falaklarda aytilgan bu dil sözlari, undagi keng muşohadalar va kelajak uçun çaqiriqlar, eng avvalo, biz — kattalar, ota-onalar, nuroniylar, ziyolilar oldiga juda katta masʼuliyat yuklayotganini ham his qilişimiz kerak böladi.
Yana qayta öqiylik: “Xalqim tunda osuda uxlaşi uçun ham men har doim bedor bölmoğim kerak, axir!”.
Tabarruk manbalarda ham kelganidek, el-yurt baxti, farovonligi uçun aziz halovatidan keçib mehnat qilmoq buyuk saodatdir. Demak, har birimiz saodatli bölişga intilsak, ÖZ PREZIDENTIMIZga buyuk tarixiy islohotlarida kömakçi bölmoq uçun yelka tutaylik, birga bedor bölaylik!
Uçinçisi. “Yangi Özbekiston orzusi” va Uçinçi Renessans hodisasining kelajakdagi qiyofasini yana bir bor tasavvur qiliş uhdasi.
“Özbekiston deb atalgan, uç ming yildan ziyod davlatçilik tarixiga ega bölgan mamlakat farzandi, özbek degan uluğ millat öğloni ekaningdan hamişa ğurur, iftixor tuyib yaşagin, bolam!” degan daʼvatni faqat aziz farzandlarimizga tegişli desak, töğri bölarmikan? Menimça, yöq. Milliy davlatçiligimiz ruhiyatidan quvvatlaniş, millatimizdan ğururlaniş barçamizga tegişli meros bölişi kerak. Ayniqsa, bugungi globallaşuv davrida bu tuyğular juda-juda muhim.
Şu maʼnoda, biz orzulayotgan “Yangi Özbekiston” va Uçinçi Renessans ğoyalari bugun har birimizning hayotiy tamoyilimizga aylanmoği kerak. Prezidentimiz maktubini qayta-qayta öqirkanmiz, bu ğoyalarning hayotiy mazmun-mohiyatini yana takror anglab boraveramiz.
Endi esa öşa aytmoqçi bölgan gapimga kelsak: “...Qiyinçiliklar bizni erta ulğaytirgan”. Dilnomaning şu joyiga kelganimda böğzimga alamli bir hayqiriq tiqildi. Qani endi hozir qişloqda bölib qolsam-u, Oqtovning eng baland çöqqisiga çiqib olib, şoir aytmoqçi, “Qöyvor nabirangni, otajonim Şarq”, deb hayqirsam. Ammo bu ön yillar avval yangraşi kerak bölgan çaqiriq bölgani uçun yana joyimga ötirib, yaqin ötmiş yodiga yonboşlayman.
Hayotdan nolimayman. Alloh menga köp xayrli taqdirlarni buyurdi. Toşkentga kelib, sarson yurgan paytlarimda doim yaxşi odamlarga röbarö qildi. Ular meni yaxşiliklar bilan siyladi, biri akam, biri ustoz böldi.
Qizim hali 3-4 yaşarligida u bilan bozorga tuşişga iymanib turardim. Çunki u paytlarda ijara uyda yaşaymiz, oylik maoşimiz rözğorga va ijara haqiga zörğa yetadi. Boz ustiga, “propiska” degan qaqşatqiç tizim tufayli könglimiz hurkak bölib yurgan paytlar. Qizimning feʼli öjar edi, bozorda köziga yaxşi köringan narsasini oldirmasa qöymasdi. Olib bermasak, yiğlab bozorni boşiga kötarardi. Qani endi çöntak qurğur puldan semirib turgan bölsa. Şunday paytlar kişi alamini nimadan oladi...
Hozir u kunlarni oila davrasida ham, döstlar bilan gurunglarda ham kulib-kulib eslaymiz.
Biz bugun şukronalik bilan, havas bilan yaşaşimiz kerak. Şavkatbeklarga, Nodirbeklarga, Javohirlarga, sulton qizlarimizga havas qilib yaşaşimiz kerak. Şunday havas bilan yaşaşni farzandlarimizga ham örgataylik. Şundagina butun xalqimiz farzandlari xuddi ular kabi buyuk işlarga qodir yigit-qizlar bölib ulğayadi. Ha, havasda ulğayiş tolei bor!
Qizim bugun universitetda, öğlim litseyda öqiydi. Prezidentimizning suyukli nabirasi Şavkatbekka yozgan maktubini gazetani bosmaxonaga topşirişimiz bilanoq uyga borib öqib berdim. “Ha, bolalarim, öşa qiynalgan kunlarimiz ortda qolganiga ham ön yilça bölibdi. Yurtimiz, xalqimiz, sizdek bek öğlonlar, gul qizlarimiz baxtiga Şavkat Mirziyoyevdek Prezidentimiz bor ekan, inşaalloh, sizlarning kelajak hayotlaringiz bugungidan ham gözalroq böladi”, deb duolar qildik.
Tongda ularni metroga qadar kuzatib qöyarkanman, har ikkisining yuzidagi bugungi hayotimizdan mamnunlik, kelajak kunlaridan köngli töqlik, öziga işonç hislarini körib, özim ham, otga qamçi bosib, zör kuç-ğayrat bilan işga tomon yöl oldim.
Şunday gözal bir hislarni uyğotganingiz uçun rahmat Sizga — Muhtaram Prezidentim!
Uluğbek ASROR,
Özbekiston Yozuvçilar
uyuşmasi aʼzosi, jurnalist