Bu savolga javobni uzoqdan emas, balki ota-bobolarimiz ming yillar davomida maşaqqatli seleksiya mehnati bilan şakllantirib ketgan qadimiy mahalliy navlarimizdan izlaylik.
Markaziy Osiyo, xususan, Özbekiston zamini madaniy ekinlarning dunyodagi birlamçi kelib çiqiş va xilma-xillik markazlaridan biridir. Bu zamin şunçaki dehqonçilik maskani emas, balki tabiatning eng oğir sinovlari — qişning qahraton, saratonning qurğoqçil garmseli va şör tuproğiga bardoş bergan bebaho genetik muhandislik beşigidir.
Buyuk sarkarda va şoir Zahiriddin Muhammad Bobur “Boburnoma” asarida yurtimizning meva va qovunlarini faxr bilan yodga olgan. U Hindiston taxtida ötirganida ham Farğona, Samarqand va Buxoro qovunlarini, Andijonning anjir va noklarini soğinib, ularga teng keladigan neʼmat olamda yöqligini taʼkidlagan. Asarda tilga olingan Ismoil şayxiy qovuni, Samarqandning kökça va amirisi, mirzoyi qovunlar xalqimizning asrlar oşa şakllangan yuksak agrar madaniyati timsoli edi.
Biroq “Boburnoma”da tilga olingan, yuzlab yillar davomida ajdodlarimiz dasturxoni körki bölgan navlarimiz bugun real dehqonçilik maydonlaridan siqib çiqarilyapti. Qovunning tilyorar “Içqizil”, “Kökça”, “Şakarpalak”, “Börikalla”, “Kök gulobiy”, “Oq novvot”, “Amiri”, tarvuzning “Hayitqora”, “Qora tarvuz”, olmaning “Karvak”, “Muz olma”, “Hazorasp olmasi”, örikning “Qantak”, “Subhoni”, “Qovoq örik”, “Oq örik”, şaftolining “Samarqand qor şaftolisi” kabi navlari, yaʼni asl milliy brendlarimiz bugun dehqon dalalarida, boğlarda tobora kamyob bölib bormoqda.
Xalq seleksiyasining yana bir bebaho möʼjizasi asrlar davomida yaratilib, bugun dunyoga maşhur bölgan mahalliy uzum navlaridir. Ota-bobolarimizning yuksak mahorati mahsuli bölgan “Husayni”, “Içkemar”, “Qora kaltak”, “Qora janjal”, “Oq kişmiş”, “Qora kişmiş”, “Ketmon sopi”, “Soyaki”, “Parkent”, “Kattaqörğon”, “Nimrang” kabi navlar nafaqat betakror xuştaʼmligi, balki mahalliy iqlimga moslaşuvçanligi bilan ham ajralib turadi.
Yurtimiz uzum navlariga nihoyatda boy ekanini institutimiz olimlari tomonidan yiğilgan va dala genbankida saqlanayotgan 1812 namunadan iborat ulkan ampelografik kolleksiyadan ham biliş mumkin. Biroq bugun çetdan keltirilayotgan, suv va doriga töymaydigan xorijiy gibridlar ortidan quviş oqibatida aynan mana şunday noyob uzum navlari ham sanoatbop tokzorlarda kam qoldi.
Köpçilik bilmasligi mumkin: bugun dalalarimizdan yöqolib, faqat Ösimliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti (ÖGRITI) milliy genbankidagina saqlanib qolgan yuzlab noyob nav va turlar mavjud.
Milliy genbank şunçaki ilmiy muassasa emas. U davlatimizning oziq-ovqat suvereniteti va biologik xavfsizligini himoya qiluvçi strategik qalqondir. Unda bir asrdan ortiq vaqt mobaynida, yaʼni 1908-yilda yurtimizdan yiğilgan eng qadimiy buğdoy namunasidan boşlab, 153 turdagi ekinning 43 ming 874 ta genetik namunasi saqlanmoqda. Uşbu genofondning 3719 tasini aynan milliy zaminimizda yetiştirilgan noyob mahalliy navlar va yovvoyi ötmişdoşlar taşkil etadi.
Bugun uruğ milliy genbankida 116 turdagi ekinning 38 ming 789 namunasi (şundan 2714 tasi mahalliy nav), dala genbankida esa 37 turdagi mevali va rezavor daraxtlar, uzum va vegetativ ekinning 5001 ta tirik tupi (şundan 1005 tasi mahalliy nav) kelajak avlod uçun ehtiyotlab asralmoqda. Agar uşbu uruğ hamda dala genbanklaridagi mahalliy namunalar bölmaganida, bu noyob genotiplar butunlay tarix sahifalariga kömilib ketgan bölar edi.
Sönggi ön yilliklarda mamlakatimiz bozori va dalalarini çet eldan olib kelinayotgan çiroyli, taşqi körinişi yaltiroq F1 gibrid uruğlar egalladi. Töğri, ular dastlab muayyan tovar körinişi va uzoq masofaga çidamliligi bilan fermerlarni jalb qildi. Ammo bu holatning ortida ulkan oziq-ovqat xavfi yaşiringanini köpçilik anglamayapti.
Xorij gibridlari köp suv, çeksiz mineral öğit va yumşoq iqlim şaroiti uçun yaratilgan. Ular Özbekistonning yozgi 45 daraja jaziramasi, suv taqçilligi va yer şörlanişiga bardoş bera olmaydi. Anomal qurğoqçilik yuz bergan yili çet el gibridlari çangi kuyib, gulini taşlaydi va hosil bir lahzada nobud böladi. Bu esa fermerning xonavayron bölişi, içki bozorda narx-navoning keskin kötarilişiga olib keladi.
Mahalliy navlar esa asrlar mobaynida mana şunday ekstremal şaroitlarda toblangan. Ularning çuqur ketadigan baquvvat ildiz tizimi, suvni tejovçi fiziologik xususiyatlari va issiqqa çidamli fermentlari eng oğir qurğoqçilik şaroitida ham muqim hosil tugiş imkonini beradi.
Import navlar qançalik çiroyli bölmasin, taʼmi, şirinligi va foydali moddalari mahalliy navlar bilan aslo tenglaşa olmaydi. Özimizning qovunlarda şakar miqdori 14-18 foizga yetsa, import gibridlarda bu körsatkiç 8-9 foizdan oşmaydi. Sabzimizning vitaminlarga boyligi, “Yusupov” navli pomidorning likopin va quruq moddasi, örik va uzumlarimizning şifobaxş mikroelementlari — milliy boyligimiz. Oziq-ovqat xavfsizligi faqat qorin töyğaziş emas, balki aholini sifatli, tabiiy va töyimli mahsulot bilan taʼminlaş demakdir.
Gibrid uruğlardan olingan mahsulotning uruğini qayta ekib bölmaydi. U keyingi avlodda hosil bermaydi yoki belgilari ajralib ketadi. Demak, biz har yili uruğ sotib oliş uçun çet el kompaniyalariga millionlab dollar valyuta tölaşga majbur bölamiz. Agar çegaralar yopilsa yoki geosiyosiy vaziyat özgarsa, uruğsiz qoliş xavfi tuğiladi.
Yurtimizda yaratilayotgan zamonaviy yangi navlarning qariyb 90 foizi aynan milliy genofond namunalari negizida olinmoqda. Misol uçun, 2010-yilga qadar respublikamizda ekilgan anʼanaviy moş navlarining poyasi yotib qolar, dukkaklari pişganda yorilib ketar va ularni texnikada örib olişning iloji yöq edi. Milliy genbankdagi noyob namunalar asosida olimlarimiz dukkagi oçilmaydigan, poyasi tik ösuvçi “Durdona”, “Turon”, “Barqaror” kabi yangi navlarni yaratdi. Natijada moş yetiştiriş 100 foiz mexanizatsiyalaştirilib, yurtimizning moş eksporti hajmi 2010-yildagiga nisbatan 50 barobar oşdi. Agar öşanda genbankda moşning genetik donorlari saqlab qolinmaganda, bunday iqtisodiy yutuqqa erişib bölmasdi.
Xuddi şuningdek, bugun olimlarimiz yaratgan qovoqning “Gigant” va “Bahodir” navlari etining qalinligi va saqlaniş muddati böyiça AQŞ va Kanadadan keltirilgan “Big Maks” kabi navlarni ortda qoldirdi. Ularning eti “Big Maks”nikidan 4-5 barobar qalin. Bu mahalliy genofondimizning yengilmas kuçidan dalolat beradi. Agar biz bugun qadimiy mahalliy navlarimizni saqlab qolmasak, ertaga keç böladi. Bugun yöqotilgan bitta nav ertaga minglab gektar maydonning qurğoqçilik oldida ojiz qolişi demakdir.
Şu bois, avvalo, ÖGRITI milliy genbankini respublika ahamiyatiga ega, noyob ilmiy obyekt sifatida davlat byudjetidan bazaviy moliyalaştiriş tizimiga qaytariş, uning infratuzilmasi va malakali ilmiy xodimlarini zarur ştatlar bilan taʼminlaş lozim.
Toğli hududlar, çekka vohalar va keksa dehqonlarning tomorqalarida saqlanib qolgan noyob, qadimiy navlarni, şuningdek, yovvoyi ajdodlarni — toğ piyozlari, yovvoyi olma va bedalarni töplaş böyiça doimiy ilmiy ekspeditsiyalar tizimini tiklaş va moliyalaştiriş zarur.
Raqamli DNK pasportlaş orqali “bioqaroqçilik”dan himoyalaniş, yaʼni milliy navlarimizning DNK pasportlarini yaratiş orqali ularni xalqaro patent tizimlarida Özbekistonning mualliflik huquqi sifatida mustahkamlaş lozim. Toki boşqalar bizning “Yusupov” navli pomidorimiz yoki “Şakarpalak” qovunimizni özlaştirib, özimizga xorijiy nom ostida qayta sotmasin!
Mahalliy elita uruğçiligini tiklaş bugun juda muhim masala. Nav sinaş mezonlariga faqat hosildorlikni emas, balki taʼm, biologik sifat va mahalliy iqlimga çidamlilik körsatkiçlarini asosiy talab qilib kiritiş hamda mahalliy nav uruğlarini köpaytiruvçi fermerlarga davlat subsidiyalarini ajratiş kerak.
Qadimiy mahalliy navlar bizning ötmişimiz, milliy ğururimiz va eng muhimi, global iqlim özgarişlari davrida kelajak avlodlarimizning töq va farovon yaşaşini taʼminlovçi yagona va işonçli oziq-ovqat kafolatidir. Bu xazinani asrab-avaylaş va kelajakka yetkaziş barçamizning muqaddas burçimizdir.
Hamidullo HASANOV,
Ösimliklar genetik resurslari
ilmiy-tadqiqot instituti milliy genbanki mudiri