Respublika bo‘yicha har yili 700 ming tonna qora metallolom kombinatga topshirilayotgan bo‘lsa-da, yana 500 ming tonna metallolom xufiyona aylanmada qolmoqda.

Shu bois, qora metall aylanmasi bilan bog‘liq barcha jarayonlar elektron platforma orqali real vaqt rejimida monitoring qilinadi.

Qora metallurgiya sanoatida sog‘lom raqobat muhiti va narx barqarorligini ta’minlash, sohada ta’sirchan nazorat mexanizmlarini o‘rnatish uchun Hukumatda alohida loyiha ofisi tashkil etiladi.

Ushbu ofis metall mahsulotlari bozorini kunlik tahlil qiladi, xomashyo va tayyor mahsulotga talab va taklifni shakllantiradi, mahsulot sifati, kelib chiqishi, fizik va kimyoviy tarkibi aks etadigan raqamli pasportni yuritadi.

Mutasaddilarga bir oyda loyiha ofisi faoliyatini yo‘lga qo‘yish, 1-avgustdan “E-lom” elektron platformasini ishga tushirib, qora metall aylanmasini nazoratga olish topshirildi.