Besh yilda korxonalarning asosiy kapitalga investitsiyasi 3 karra koʻpayib, 363 trillion soʻmga yetdi. Sanoati 100 million dollardan oshgan tumanlar soni 66 tadan 116 taga koʻpaydi.
Axborot texnologiyalari, fintex va boshqa servis sohalarining jadal rivojlanayotgani hisobiga xizmatlar hajmi 1 trillion soʻmlik marradan oʻtgan tumanlar soni 41 tadan 152 taga yetdi. Yetakchi xalqaro marketpleyslar bilan ishlayotgan korxonalar esa 3,5 mingtani tashkil etmoqda.
Biznesini mahallada boshlab, yurtimiz boʻylab oʻnlab filiallarga ega boʻlgan tadbirkorlar 550 tadan, milliy brendini yaratganlar 300 tadan oshdi.
Elektromobil, polimer va maishiy kimyo, “yashil” energetika, zargarlik sanoati kabi yangi yoʻnalishlar shakllandi. «