O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Turkman xalqining milliy etakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovga uning onasi vafot etgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
"Mehribon va aziz volidai muhtaramangiz - Ogulabat Berdimuhamedovaning olamdan o'tgani haqidagi xabar qalblarimizni chuqur qayg'u va iztirobga soldi. Ogulabat edje o'zining ibratli hayot yo'li, chinakam mehnatsevarligi, odamlarga mehr-oqibati va kamtarligi bilan elu yurtingizning ulkan mehru muhabbatiga sazovor bo'lgan mo''tabar inson edi.
Oilangiz uchun katta yo'qotish bo'lgan ushbu musibatli onlarda Siz, Janobi Oliylariga va barcha yaqinlaringizga, qardosh va do'st Turkmaniston xalqiga hamdardlik tuyg'ularimizni izhor etamiz", - deyiladi maktubda.
Davlatimiz rahbari Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovga ham ta'ziya yo'lladi.
Prezidenti Shavkat Mirziyoev Gurbanguli Berdimuhamedovga hamdardlik bildirdi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Turkman xalqining milliy etakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovga uning onasi vafot etgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
Toshkent aeroportida 11,8 kg gashish moyi musodara qilindi
- "Lasetti"ning yo‘l chetidagi daraxtga urilishi oqibatida haydovchi hayotdan ko‘z yumdi
- Qariyb 6 tonna prekursorlarning yashirin oldi-sotdisiga chek qoʻyildi
- Toshkent tumanida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi
- Zomin seminari – milliy adabiyotning ulug‘ darsxonasi
- Vatan uchun qanot bog‘lab uchaylik!
Oʻzbekiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi
- Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan oʻqishni koʻchirish boʻyicha maxsus sinovlarning oʻtish ballari tasdiqlandi
- Oʻzbekiston va Belarus Prezidentlari samarali muzokaralar yakunlarini sarhisob qildilar
- Oʻzbekiston va Belarus munosabatlari strategik sheriklik darajasiga koʻtarildi
- Oʻzbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Belarusda boʻladi
- Oʻzbekiston Prezidenti Ozarbayjon bilan amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini taʼkidladi