24-iyul kuni soat 11:50 da A-373 avtomobil yo‘lining "Qamchiq" dovonidan o‘tgan qismida "Toshkent-Vodiy" yo‘nalishida harakatlangan yuk avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘lning xandaq (kyuvet) qismiga tushib ketganligi to‘g‘risida “Qamchiq” maxsus qutqaruv boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

Aytilgan manzilga FVV qutqaruvchilari yetib borib, maxsus texnikalar yordamida avtomobil xavfsiz hududga olib chiqilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.