Taklif etilayotgan vakantiyalar va oylik maoshlar quyidagicha:

— kosmetika bo‘yicha maslahatchi — 1900 dollar;
— brend bo‘yicha trening mutaxassisi — 2750 dollar;
— mijozlarga xizmat ko‘rsatish menejeri — 3850 dollar;
— bo‘lim menejeri — 3050 dollar;
— do‘kon menejeri o‘rinbosari — 4000 dollar;
— vizajist — 2300 dollar;
— manikyur va pedikyur bo‘yicha mutaxassis — 1450 dollar;
— teri parvarishi bo‘yicha mutaxassis — 2200 dollar;
— do‘kon bosh menejeri — 5500 dollar;
— savdo vizualizatsiyasi bo‘yicha mutaxassis — 1500 dollar.

Ish beruvchi O‘zbekiston–Qatar aviachiptasi, ishchi vizasi, aeroport transferi, Vatanga borib-kelish aviachiptasi hamda tibbiy sug‘urta xarajatlarini qoplaydi.

Nomzodlar esa turar joy, oziq-ovqat va ishga borib-kelish transporti xarajatlarini o‘zlari qoplaydi.

Vakansiyalarga kamida o‘rta ma’lumot, ingliz tilida erkin muloqot qila olish, 20 yoshdan katta bo‘lish hamda tegishli sohada kamida 2 yillik ish tajribasi talab etiladi. Tanlovda erkaklar ham, ayollar ham ishtirok etishi mumkin.

Arizalar 29 avgustga qadar qabul qilinadi.

Ariza qoldirish