Mazkur hududda hech qanday daraxt kesish ishlari olib borilmayapti. Aksincha, bog‘ hududida aholi qulay hordiq chiqarishi uchun sharoit yaratish hamda daraxtlar uchun zarur bo‘lgan namgarchilikni oshirish maqsadida maxsus loyiha asosida sun’iy ko‘l tashkil etish ishlari amalga oshirilmoqda.

Loyihaga ko‘ra:

Ko‘l maydoni — 0,5 ga;

Suv hajmi — 10 000 m3

Velo hamda piyodalar sayr yo‘lagi — 1,2 km;

Qo‘shimcha ekiladigan daraxtlar — 180 tupni tashkil etadi.

Fuqarolarimizdan asossiz xabarlarga ishonmasliklarini, har qanday holat bo‘yicha rasmiy manbalarga tayanishlarini so‘raymiz.

Yunusobod tumani hokimligi Matbuot xizmati.