Ko‘rgazmada 2 mingdan ziyod mahsulot va texnologik yechimlar namoyish etildi. Kun davomida davlat buyurtmachilari, ishlab chiqaruvchilar va investorlar ishtirokida B2B va B2G uchrashuvlari hamda amaliy muzokaralar o‘tkazildi. Birinchi kun yakunlariga ko‘ra, ko‘rgazmada 80 dan ortiq korxonalar ishtirok etdi. Ko‘rgazmaga 1200 nafardan ortiq ishtirokchilar tashrif buyurdi. B2B uchrashuvlari — 30 ta, B2G uchrashuvlari — 20 ta, davlat xaridlari orqali 4 778 ta 490 mlrd so‘mlik shartnoma imzolandi. Yangi aloqalarni yo‘lga qo‘yish maqsadida 81 ta hamkorlik memorandumlari imzolandi. Ko‘rgazma ertaga ham davom etadi. Ikkinchi kun davomida hamkorlik memorandumlari va shartnomalarini imzolash, yangi ishlab chiqarish loyihalari bo‘yicha muzokaralar hamda amaliy uchrashuvlar davom ettiriladi.