Nizom Soliq kodeksiga muvofiq soliq bazasini ko‘chmas mulk obyektlari hamda yog‘och mahsulotlarining bozor qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlash tartibini belgilaydi.
Nizom talablari soliq to‘lovchilar tomonidan sotilgan tovarlarning hisob hujjatlarida aks ettirilgan narxi shunday tovarlar bo‘yicha aniqlangan bozor narxidan 20 foizdan past yoki yuqori holatda qo‘llanadi.
Nizomga ko‘ra, soliq organlari soliq bazasini aniqlashda taqqoslanadigan bozor narxlari usulidan foydalanadi.
Ko‘chmas mulk obyektlarining bozor narxi ko‘chmas mulkni ommaviy baholash sohasida maxsus vakolatli organ tomonidan aniqlanadi.
Soliq organlari soliq bazasini bozor narxidan kelib chiqqan holda aniqlashda quyidagi ma’lumotlardan ham foydalanishi mumkin:
Tovarlarning bozor narxi birja savdolarida sotilayotgan aynan o‘xshash (ular mavjud bo‘lmaganda, bir turdagi) tovarlar narxlaridan kelib chiqib aniqlanadi.