Sariosiyo tumani prokuraturasi tomonidan tumanning “Afrosiyob” mahallasida yashagan voyaga yetmagan (26.11.2012 y.t.) F.M.ning “To‘palang” daryosiga oqib ketganligi xolati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.
Tergovga qadar tekshirish davomida, joriy yilning 15-may kuni voyaga yetmagan F.M.ning murdasi Denov tumani “Ittifoq” mahallasida oqib o‘tuvchi To‘palang daryosi ichidan tan jarohatlarisiz topilgan.
Sud tibbiy ekspertiza xulosasida marxumaning o‘limiga yuqori nafas yo‘llarining suv bilan berkilishi, mexanik asfiksiya natijasida vafot etganligi, ko‘rsatilgan.
Hozirda tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.