Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining tegishli qaroriga muvofiq, “Moviy gumbazlar” xiyobonida oʻsib turgan Morus alba turidagi noyob daraxtni asrash va muhofaza qilish boʻyicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

Jarayon davomida daraxtning bugungi holati, uni asrab-avaylash, atrofini obodonlashtirish va tashqi taʼsirlardan himoya qilish masalalari mutasaddi tashkilotlar hamda deputatlar ishtirokida oʻrganildi.

Nodir tabiat yodgorligini muhofaza qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar ommaviy axborot vositalarida yoritib borilmoqda.