Farg'ona viloyati Qo'shtepa tumanida yashovchi iste'molchi S.Qurbonovning elektron shakldagi murojaati O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan o'rganildi, deya xabar bermoqda federatsiya axborot xizmati.
Unda qayd etilishicha, iste'molchi “Grand” kredit do'konidan “Artel” yorliqli idish-tovoq yuvadigan mashina sotib olgan, lekin uskunaning suv isitish mexanizmi tez-tez ishlamay qolgan. Fuqaroning murojaatidan keyin kompaniya servis xizmati mutaxassislari ushbu nuqsonni bartaraf etib bergan. Biroq ma'lum vaqt o'tgach, ushbu muammo yana qaytalangan. Iste'molchi federatsiyadan mahsulotning maqbul sifatdagisiga almashtirilishi yoki puli qaytarilishida amaliy yordam so'ragan.
Murojaatni o'rganish jarayonida ma'lum bo'lishicha, idish yuvish mashinasi 5 million 520 ming so'mga pulini bo'lib to'lash sharti bilan sotib olingan. Mashinada haqiqatan ham iste'molchi bildirgan nuqson mavjud. Kafolat muddati doirasida bepul servis xizmati ko'rsatilgan.
Holatni o'rganish natijasida nuqsonli tovarning sifatlisiga almashtirib berilishiga erishildi.
Tovar sifatlisiga almashtirib berildi
Iste'molchi “Grand” kredit do'konidan “Artel” kompaniyasida ishlab chiqarilgan idish-tovoq yuvadigan mashina sotib olgan, lekin uskunaning suv isitish mexanizmi tez-tez ishlamay qolgan.
Jahon minbaridan baralla yangragan haqiqat: “Biz insoniyat tomonidamiz”
- O‘zbekiston XX Osiyo o‘yinlarini 70 ta medal bilan 5-o‘rinda yakunladi
- Interpol kanallari orqali qidiruvda boʻlgan jinoyatchi Gruziyadan Oʻzbekistonga ekstraditsiya qilindi
- Italiya O‘zbekistondan tibbiyot mutaxassislarini ishga jalb qilish bo‘yicha hamkorlik qiladi
- Bugun Bokuda dzyudo boʻyicha jahon chempionati boshlanadi
- Bolalarning ta’lim ehtiyojlarini baholashning yangi tizimi yo‘lga qo‘yiladi
Shahnoza Mirziyoyeva Namanganda besh yoshli qizaloq bilan bog‘liq fojia yuzasidan munosabat bildirdi
- Xitoydan 121 bosh naslli qoramol olib kelindi
- «Xumo» fermer xo‘jaligi rahbari: «Ilmga yondashsak, kam bo‘lmaymiz»
- Paxtani birjada sotgan fermerga ham, uni sotib olgan klasterga ham har tonna uchun 500 ming soʻmdan subsidiya beriladi
- Suyultirilgan gaz taʼminoti: tizimga xususiy sektor kirib kelmoqda
- Namanganda 5 yoshli qiz bilan bog‘liq jinoyat ishi Bosh prokuror nazoratiga olindi